So‘x aholisi joriy yilda yer va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan So‘x tumanida 2020-yilda jismoniy shaxslar yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Qarorga ko‘ra:

  • So‘x tumanida 2020-yilda jismoniy shaxslar yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;
  • joriy yil 1-avgustdan boshlab 2021-yil 31-iyulga qadar:
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i amaldagi qat’iy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi;
  • alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0