"Ishlamagan tishlaydi": mahalla raisi va ABKM vakili 36,2 mln so‘mni o‘zlashtirdi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chilonzordagi mahalla raislaridan biri aholi bandligiga ko‘maklashish markazi inspektori bilan til biriktirib, 26 nafar fuqarolar jamoat ishlariga jalb etilganligi haqida soxta hujjatlar tuzgan.

TOShKENT, 7 avg - Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanida amaldorlar ishsizlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan 36,2 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri Bosh prokuraturadan olingan ma’lumot asosida.

Baxadir Ismailov, nachalnik nauchno-obrazovatelnogo sentra protivodeystvii korrupsii Akademii Genprokuraturi RUz - Sputnik O‘zbekiston
Ismoilov: bugungi kunda korrupsiyani yashirish deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi

Xabarga ko‘ra, Chilonzordagi mahalla raislaridan biri tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi inspektori bilan til biriktirib, markazga ish so‘rab kelmagan va ishsizlar ro‘yxatiga kiritilmagan 26 nafar fuqarolar jamoat ishlariga jalb etilganligi haqida soxta hujjatlar tuzgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu sxema orqali jami 36,2 mln so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan mahalla raisi N.R. va markaz inspektori A.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi "v,g" bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 6 oyi davomida 327 ta jinoyat ishi bo‘yicha 459 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular tomonidan yetkazilgan zarar miqdori 172 milliard 260 million so‘mni tashkil qilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini belgilab berdi

2020 yilda jinoiy javobgarlikka tortilgan amaldorlarning 4 nafari respublika darajasidagi, 13 nafari viloyat darajasidagi, 442 nafari tuman darajasidagi rahbarlardir.

Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 180 nafari "o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilgan, 57 nafari pora bergan (pora olgan), pora olish-berishda vositachilik qilgan, 92 nafari firibgarlik qilgan, 16 nafari mansab vakolatini suiiste’mol qilgan, 8 nafari hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqqan, 7 nafari mansab soxtakorligiga yo‘l qo‘ygan, 10 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qaragan va 89 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan.

Yangiliklar lentasi
0