Rossiya va Qozog‘iston chegarasida migrantlar ishtirokida mushtlashuv yuz berdi

© Sputnik / Samvel Sepetchan / Mediabankka o‘tishKontrolno-propusknoy punkt na granitse
Kontrolno-propusknoy punkt na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda rus-qozoq chegarasida migrantlar va Rosgvardiya xodimlarining to‘qnashuvi bo‘lib o‘tayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Samara viloyati hududidagi rus-qozoq chegarasida migrantlar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida mojaro ro‘y berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu janjalda Rosgvardiya xodimlari ishtirok etmagan.

Migrant na granitse - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari Rossiyani 6-avgustda tark etishlari mumkin bo‘ladi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda rus-qozoq chegarasida migrantlar va Rosgvardiya xodimlarining to‘qnashuvi bo‘lib o‘tayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Videoda olomon kamuflyaj formali qo‘llarida metalli qalqon bo‘lgan kishilar to‘sig‘ini buzib o‘tishga urinayotgani aks etgan edi. Orqada esa  “Samarskaya oblast” yozuvi ko‘rinar edi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Samara viloyati hududidagi rus-qozoq chegarasida migrantlar guruhining  huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan to‘qnashuvi kuni kecha sodir bo‘ldi va juda tez Rosgvardiya vakillarining ishtirokisiz bartaraf etildi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0