Tojik-qirg‘iz chegarasida yana otishma: 65 yoshli erkak yaralandi

© Press-slujba GPS KirgizstanaSmotrovaya vishka na kirgizsko-tadjikskom uchastke granitse
Smotrovaya vishka na kirgizsko-tadjikskom uchastke granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida ikki holat qayd etildi: ikki kishi jarohatlandi, bir kishi halok bo‘ldi.

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida yana otishma yuz berdi, bu haqda Qirg‘iziston IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Pogranichnik na smotrovoy vishke. Granitsa Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yana mojaro: qurbon va yarador bor

Ta’kidlanishicha, holat 6-avgust mahalliy vaqt 18.30 da o‘q otish natijasida 65 yoshli qirg‘izistonlik yaralandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ov miltig‘idan o‘q uzilgan. Yaralangan kishi darhol shifoxonaga olib kelindi. Holat yuzasidan "Qotillikka urinish" moddasi bo‘yicha jinoyat ish qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, 6-avgust kuni ertalab tojik-qirg‘iz chegarasida otishma sodir bo‘lgandi: buning oqibatida qirg‘izistonlik askar yaralandi va tojikistonlik bog‘bon halok bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0