Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yana mojaro: qurbon va yarador bor

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPogranichnik na smotrovoy vishke. Granitsa Kirgizstana
Pogranichnik na smotrovoy vishke. Granitsa Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegarasining Isfara uchastkasida qirg‘izistonlik chegarachi yarador bo‘ldi, tojikistonlik bir fuqaro esa halok bo‘ldi.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Bugun, 6-avgust kuni ertalab Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegarasida mojaro yuzaga keldi.

Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati xabariga ko‘ra, Tojikiston tomonidan noma’lum shaxslar harbiy xizmatchiga qarata o‘q uzgan. O‘q ov miltig‘idan otilgani taxmin qilinmoqda. Chegarachi qo‘lidan yarador bo‘lgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Smotrovaya vishka na kirgizsko-tadjikskom uchastke granitse - Sputnik O‘zbekiston
Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma yuz berdi: bir kishi yaralandi

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mojaro yuz bergan joydan uzoq bo‘lmagan joyda Isfara shahri, Chorkuh qishlog‘ida yashovchi fuqaro qirg‘iz tomonidan oyog‘idan yarador bo‘lgan. Buning natijasida u halok bo‘lgan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Ta’kidlanishicha, hodisa joyida ikki mamlakat chegara vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Vaziyat barqaror va nazorat ostida.

Yangiliklar lentasi
0