TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Sirdaryo tumanida qalbaki 2,5 ming AQSh dollarini 1600 dollarga sotgan fuqarolar jinoyat ustida qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.
Ta’kidlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Sirdaryo tuman bo‘limlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, sirdaryolik ikki shaxs - O.A. va A.Mlar fuqaro D.X.ga har bir AQSh dollarini 7 ming so‘mdan hisoblab, qalbaki 2 300 AQSh dollarini 1600 AQSh dollariga sotishgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tadbir jarayonida ularning yonida sotish maqsadida saqlab kelingan qalbaki 200 AQSh dollari borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.A. va A.M.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.