Toshkentda ayol elektruzatish tarmog‘i ustuniga chiqib, o‘z joniga qasd qilish bilan qo‘rqitdi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol Farg‘onadan bo‘lib, vaqtinchalik poytaxtning Olmazor tumanida yashab kelgani aniqlandi, deb xabar qiladi Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi

TOShKENT, 6 avg - Sputnik. Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati Olmazor tumanida elektr uzatish tarmog‘iga chiqib, barchani o‘z joniga qasd qilish bilan qo‘rqitgan ayol aks etgan video yuzasidan sharh berdi.

Plachushiy rebenok - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada besh farzandiga alimentdan qarzdor bo‘lib qolgan ota qochib ketishni afzal ko‘rdi

Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 6-avgust kuni Olmazor tumanida xizmat olib borgan profilaktika inspektorlari A. Karimov va Z. Jabborberganovlar hamda patrul-post xizmati avtoekipaji xodimlari Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida yuqori voltli elektruzatish tarmog‘i ustuniga chiqib olgan ayolni ko‘rib qolishgan.

Ayol atrofdagilarga o‘zini tepadan tashlab, o‘z joniga qasd qilmoqchiligini aytgan.

IIBB xodimlari shu atrofda bo‘lgan Sergeli tumani 8-son yong‘in-qutqarish qismi mutaxassisi safdor Sherzodbek Nurmuhamedov bilan ayolning yoniga chiqib, uni pastga tushirgach, Olmazor tumani IIO FMB 6-son IIBga yetkazishgan.

Ayolning shaxsi aniqlangan: u Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan 36 yoshli D.U. vaqtinchalik poytaxtning Olmazor tumanida yashab kelgan. Hozirgi vaqtda psixolog ayol bilan ish olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0