"Kiyevlik terrorchi" Suxrob Karimov ikki oyga hibsga olindi

© Press-slujba MVD UkrainiSpetsoperatsiya po zaxvatu Suxroba Karimova, ugrojavshego vzorvat bank v Kiyeve
Spetsoperatsiya po zaxvatu Suxroba Karimova, ugrojavshego vzorvat bank v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin, 3-avgust kuni, Karimov Kiyevdagi "Leonardo" biznes-markazidagi bank bo‘linmasiga kirgan va rukzagida bomba borligini ma’lum qilgan. Bosqinchi 40 ming griven va jurnalistlar bilan muloqotni talab qilgan.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Kiyevdagi "Universal-bank" bo‘linmalaridan birini portlatib yuborish bilan tahdid qilgan O‘zbekiston fuqarosi Suxrob Karimov terakt bo‘yicha ish yuzasidan ikki oyga hibsga olindi. Uni garov evaziga qo‘yib yuborish cheklangan. Bu haqda Kiyev prokuraturasi matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Spetsoperatsiya po zaxvatu Suxroba Karimova, ugrojavshego vzorvat bank v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
"Kiyevlik terrorchi" Suhrob Karimov haqida nimalar ma’lum

"Kiyev shahri Pechersk tuman sudi poytaxt prokuraturasi iltimosnomasini qondirdi va 2020-yil 3-avgustda Kiyev markazidagi bank binosida portlash bilan tahdid qilgan O‘zbekiston fuqarosiga hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi. Uni garov evaziga qo‘yib yuborish cheklangan. Tegishli qaror 2020-yilning 5-avgusti, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisda qabul qilingan", - deyiladi rasmiy bayonotda.

Karimovga Ukraina Jinoyat kodeksining 258-moddasi 1-qismi ("Terroristik hujumni amalga oshirish yoki uni amalga oshirish bilan qo‘rqitish") bo‘yicha ayblov qo‘yilmoqda. Ushbu moddada gumonlanuvchilar besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 3-avgust kuni, Karimov, Kiyevdagi "Leonardo" biznes-markazidagi bank bo‘linmasiga kirgan va rukzagida bomba borligini ma’lum qilgan.

Sotrudniki pravooxranitelnix organov i jurnalisti u zdaniya biznes-sentra Leonardo v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Kiyevda bankni portlatish bilan tahdid qilgan Suhrob Karimov psixonevrologik ro‘yxatda turadi

U bank bo‘linmasi rahbaridan tashqari barcha xodimlarni qo‘yib yuborgan. Rahbar ayolni garov olgan.

Suxrob Karimov 40 ming griven (1,44 ming dollar) va jurnalistlar bilan muloqotni talab qilgan.

Amalga oshirilgan maxsus operatsiya natijasida Karimov qo‘lga olingan, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda qo‘lini qayirib, bank binosidan olib chiqib ketishgan.

Karimovni qo‘lga olishda Ukraina telekanallarining ikki nafar jurnalisti ko‘ngilli ravishda ishtirok etgan.

Tekshiruvlardan so‘ng Karimov yolg‘on gapirgani fosh bo‘lgan: uning rukzagida bomba ham, boshqa portlovchi qurilmalar ham bo‘lmagan.

Sal keyin o‘zbekistonlik bu yigit psixonevrologik hisobda turishi aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0