Kiyevda bankni portlatish bilan tahdid qilgan Suhrob Karimov psixonevrologik ro‘yxatda turadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSotrudniki pravooxranitelnix organov i jurnalisti u zdaniya biznes-sentra "Leonardo" v Kiyeve
Sotrudniki pravooxranitelnix organov i jurnalisti u zdaniya biznes-sentra Leonardo v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina Ichki ishlar vazirligi Kiyevda bankni portlatish bilan tahdid qilgan o‘zbekistonlikning ruhiy nosog‘lom ekanini tasdiqladi.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Kiyevda bank bo‘limini portlatish bilan tahdid qilgan O‘zbekiston fuqarosi Suhrob Karimovga oligofreniya kasalligi tashxisi qo‘yilgan va u psixonevrologik ro‘yxatda turadi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashenko Facebook’da post ozdi.

Suxrob Karimov v otdelenii banka - Sputnik O‘zbekiston
TIV Kiyevda bomba portlatish bilan tahdid qilgan shaxsning fuqaroligiga aniqlik kiritmoqda

“Suhrob Karimov 1998-yildan buyon oligofreniya kasalligi tashxisi bilan O‘zbekistonda psixonevrologik ro‘yxatda turgan. Ushbu kasallik tashxisi unga 10 yoshligida qo‘yilgan. Karimov Ukrainada xotirjam hayot tarzida yashagan va avval jinoiy javobgarlikka tortilmagan”, – deyilgan postda.

Shuningdek, IIV vakili bank bo‘limi binosida portlovchi moddalar va buyumlar topilmaganini ma’lum qilgan.

“Endi u uzoq vaqt davomida panjara ortida bo‘lishiga to‘g‘ri keladi”, – deb yozgan Gerashenko.

Yangiliklar lentasi
0