Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Livan xalqiga chuqur taʼziya bildirdi

© REUTERS / Mohamed AzakirVid ulits Beyruta posle vzrыva v portu
Vid ulits Beyruta posle vzrыva v portu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shavkat Mirziyoyev Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash munosabati bilan Livan prezidentiga hamdardlik bildirdi.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va jarohatlangani munosabati bilan Livan prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi.

Xraniliщe topliva v portu Beyruta posle vzrыva - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Beyrutdagi portlash tufayli yetkazilgan zarar miqdori oshkor etildi

“Davlatimiz rahbari Livan xalqiga, marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildirdi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Livan poytaxti Bayrut shahridagi dahshatli portlash kecha yuz berdi. Taxminlarga koʻra, badargohdagi 2014 yilda kemadan musodara qilingan 2750 tonna ammiak selitrasi portlab ketgan. Portlashdan shaharning teng yarmi jabr koʻrgan. Kasalxonalar jarohatlanganlar bilan toʻlib toshgan.

Livan hukumati fojia qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam eʼlon qildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 100 ortiq kishi qurbon boʻlgan, toʻrt mingga yaqin kishi jabrlangan. Koʻplar bedarak yoʻqolgan.

Yangiliklar lentasi
0