Dunyoda

Beyrutdagi portlash tufayli yetkazilgan zarar miqdori oshkor etildi

© AP Photo / Hussein MallaXraniliщe topliva v portu Beyruta posle vzrыva
Xraniliщe topliva v portu Beyruta posle vzrыva - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Beyrut meri Jamol Itani ammiak selitrasi tufayli yuz bergan portlash oqibatida shaharga qancha zarar yetkazilganini aytdi

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Livan poytaxti Beyrut shahrida yuz bergan portlash 3-5 milliard dollar miqdorida zarar yetkazdi, deb bayonot qildi shahar meri Jamol Itani.

Vzrыv v Beyrute - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Xirosima va Nagasakiga oʻxshadi": Beyrut portida kuchli portlash yuz berdi - onlayn reportaj

"Yetkazilgan zarar miqdori 3-5 milliard dollar atrofida baholanmoqda, balki undan ham koʻpdir. Beyrutning yuzlab aholisi boshpanasiz qoldi", - degan Itani. Mer soʻzlaridan Livanning LBCI News portali iqtibos keltirgan.

Beyrut meri portda yuz bergan portlashni misli koʻrilmagan, deya atagan va uni Xirosima yoxud Nagasakidagi yadroviy zarbalarga qiyoslagan.

Hukumat taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, portlash oqibatida kamida yuz kishi halok boʻlgan, jabrlanganlar soni esa 4 mingdan ziyod.

Beyrut rahbari halok boʻlganlar orasida portlash yuz bergan joyda - portda ishlagan oʻnlab tibbiyot xodimlari va oʻnlab qutqaruvchilar borligini taʼkidlab oʻtgan.

Beyrutdagi portlashning ayanchli oqibatlari - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Beyrutdagi dahshatli portlashning ayanchli oqibatlari - foto

Livan sogʻliqni saqlash vaziri Xamad Xasan Beyrut va unga yaqin joylardagi kasalxonalar portlashdan soʻng jarohatlanganlarga toʻlib ketgani, tibbiyot anjomlari tanqisligi muammosi yuzaga kelganligini tan olgan.

Beyrutdagi portlash

Livan poytaxti Beyrut shahri portidagi dahshatli portlash Livan vaqti bilan taxminan 18.00da yuz bergan.

Zarba toʻlqini shu darajada kuchli boʻlganki, bir qancha binolarni yoʻq qilib yuborgan, inshootlarni barbod etgan, bir qancha kilometr naridagi binolarning oynalarini chilparchin qilgan. Portlashdan oldingi shovqinli ovoz Kiprda ham - epimarkazdan 250 kilometr masofa narida eshitilgan, tutun esa yuzlab kilometrlarni oʻrab olgan.

Moment moщneyshego vzrыva v Beyrute popal na video - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Beyrutda vayronkor portlash – fojia joyidan video

Hukumat taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, portdagi portlash Beyrutning barcha tumanlarini qamrab olgan, shaharning teng yarmi jabr koʻrgan.

Taxminlarga koʻra, portda 2014 yilda kemadan musodara qilingan 2750 tonna ammiak selitrasi portlab ketgan. Detonatsiya svarka ishlari vaqtida yuz bergani aytilmoqda.

Livan hukumati fojia qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam eʼlon qildi.

Yangiliklar lentasi
0