Rossiya iqtisodiyoti migratsiyasiz inqirozdan chiqa olmaydi - tojikistonlik ekspert

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rahmon Ulmasov Rossiyaning ba’zi amaldorlarining pandemiya paytida Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik darajasi oshgani haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi davrida Rossiyadagi mehnat migrantlari ko‘proq jinoyat sodir etishni boshlamadi, deydi migratsiya bo‘yicha mutaxassis, Rossiya-Tojikiston (Slavan) universiteti professori Rahmon Ulmasov RIA Novosti bilan suhbatda va bunga dalillar keltirdi.

"Nimagadir ba’zi mansabdorlar pandemiya paytida va undan keyin mehnat migrantlari orasida jinoyatchilik ko‘paymoqda degan fikrni doim gapirishmoqda", - dedi Ulmasov. Keyin Rossiya IIVning ma’lumotlarini keltirdi. Unga ko‘ra, Rossiyada koronavirus pandemiyasi paytida migrantlar orasida jinoyatlar soni sezilarli kamaygan.

Inostrannie rabochie vo vremya provedeniya reyda FMS v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Podmoskovyeda migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni kamaydi

Shuningdek, professor ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Yefimovning may oyining oxirida aytgan so‘zlarini keltirdi, unga ko‘ra pandemiya paytida migrantlar orasida kriminogen vaziyat yomonlashmagan.

"Moskvada kriminogen vaziyat yomonlashgani kuzatilmayapti. Yefimovning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar orasidagi jinoyatlar soni 1,2 foizga, chet elliklar tomonidan sodir etilgan qotilliklar 2 foizga, bosqinchiliklar 8,1 foizga, talonchiliklar 9,4 foizga, o‘g‘irliklar 5,5 foizga kamaydi", - deydi Ulmasov. Uning so‘zlariga ko‘ra, qayd etilgan jinoyatlarning umumiy soni 2019-yil mayiga nisbatan 5,6 foizga kamaydi.

Mutaxassis migrantlarning aksariyati Rossiyaga yaxshi niyat bilan - o‘z oilalarini ta’minlash uchun pul ishlashga kelganligini ta’kidlashni zarur deb hisobladi. Biroq, uning ta’kidlashicha, ular orasida "ma’lumotsiz va tajribasiz migrantlarni radikal tuzilmalarga jalb qilish va noqonuniy xatti-harakatlar uyushtirish istagidagi" va "professional provokator va texnologlar" borligini istisno qilib bo‘lmaydi.

Rahmon Ulmasovning so‘zlariga ko‘ra, markaziy osiyoliklar 20-yil ichida ancha o‘zgargan. Rossiyada yashashga odatlanib, o‘z vatanlariga ketish o‘rniga, ular pul topishning yangi imkoniyatlarini izlay boshlaganlar.

Migrant - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada migrantlarga ishlash huquqini berish murakkablashtirilishi mumkin

"Migrantlarning bolalari mutlaqo boshqacha avloddir, ehtiyojlari va rejalari mutlaqo o‘zgacha. Ular hatto inqiroz paytida ham jinoyatga qo‘l urmaydilar, chunki ular o‘z kasbi yordamida pul ishlashni bilishadi", - deydi ekspert. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil iyul oyida Markaziy Osiyo respublikalariga pul o‘tkazmalari hajmi 25 foizga oshgan.

Shu bilan birga, professor pandemiya paytida va undan keyin dunyoning barcha mamlakatlarida migratsiya sohasida ko‘plab noqonuniy migrantlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantiradi, chunki yollangan chet ellik ishchilar uchun ish beruvchilar javobgarlikni o‘z zimmalariga olmaydilar. Bundan tashqari, uning fikriga ko‘ra, bu migrantlar ish haqi konvertlarda berila boshlashiga olib keladi.

Tojikistonlik ekspert migrantlarni Rossiya iqtisodiyotidagi inqirozni yengib o‘tish uchun qimmatli manba sifatida ko‘radi, chunki hozirda ayollar foydasiga demografik ustunlik bunga to‘sqinlik qilmoqda. Masalan, uning so‘zlariga ko‘ra, shu yil boshida Rossiyada 68,1 million erkak va 78,6 million ayol yashagan - farq 10,5 million. Uning ta’kidlashicha, bu ustunlik 2036-yilgacha davom etadi. Rossiya iqtisodiyoti migratsiyasiz inqirozdan chiqa olmaydi, deya xulosa qildi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0