Jamiyat

Milliy gvardiya 2,5 yashar bolani urib oʻldirgan xodim yuzasidan munosabat bildirdi

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Milliy gvardiya “2,5 yashar bolani urib oʻldirgan Milliy gvardiya xodimi 19 yilga kesildi” sarlavhasi bilan tarqatilgan maʼlumot yuzasidan munosabat bildirdi.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Milliy gvardiya “2,5 yashar bolani urib oʻldirgan Milliy gvardiya xodimi 19 yilga kesildi” sarlavhasi bilan tarqatilgan maʼlumot yuzasidan munosabat bildirdi.

Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Milliy gvardiya uyda davolanayotganlar ustidan nazoratni kuchaytiradi

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maʼlumotda bayon qilinishicha, sodir etilgan holat yuzasidan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi ikki yarim yashar bolani oʻrib oʻldirganligi va u Toshkent shahar Jinoyat ishlari sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam oʻldirish) v va j-bandlari hamda 110-moddasi 2-qismi (qiynash) a va v-bandlari boʻyicha aybli deb topilib, 19 yil muddatga ozodlikdan maxrum qilingan", - deyilgan bayonotda. 

Aytilishicha, 2020 yil 1 fevral kunida ushbu jinoyatni sodir etgan sobiq Qoʻriqlash xizmati safdor xodimi B.Axmedov 2012 yil mart oyidan Qurolli kuchlar safida xizmat qilib kelgan va 2019 yilda Qoʻriqlash xizmati Milliy gvardiya tasarrufiga oʻtkazilishi munosabati bilan u oʻz xizmatini shu tizimda davom ettirgan.

“Sobiq Qoʻriqlash xodimining oila turmush doirasidagi jinoyatga qoʻl urganligini aslo oqlab boʻlmaydi, joriy yilning may oyining 27 kuni (bundan ikki yarim oy oldin) unga nisbatan Toshkent shahar Jinoyat ishlari sudi tomonidan qilmishiga yarasha adolatli hukm tayinlanganligi ham qonunlarimiz usuvorligidan dalolatdir”, - deyilgan MG bayonotida.

Yangiliklar lentasi
0