Milliy gvardiya uyda davolanayotganlar ustidan nazoratni kuchaytiradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi sharoitida davolanayotgan koronavirus bemorlarining yashash manzili bo‘yicha qat’iy nazorat olib boradi.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlarni uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibi ishlab chiqiladi hamda qabul qilinadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi qarori qabul qilindi.

Shuningdek, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar va karantinga olingan muloqotdagilarni yashash manzili bo‘yicha qat’iy nazorat olib boriladi.

Uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibini buzgan fuqarolarga belgilangan tartiba javobgarlikka tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan bemorlar uch toifaga ajratilayotgani xabar qilingan edi. Kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlarga uy sharoitida davolanishiga ruxsat etiladi.

Yangiliklar lentasi
0