TOShKENT, 5 avg - Sputnik. Beyrutda yuz bergan portlash oqibatida qurbonlar soni 78 nafarga yetdi, to‘rt mingdan ziyod inson jarohatlangan, deb xabar qilmoqda "Al-Jazira" Livan Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.
Shu bilan birga Livan hukumati qurbonlar soni oshishini kutmoqda, nega deganda ko‘plab odamlar nom-nishonsiz yo‘qolgan hisoblanadi. Qulagan binolar ostidan esa jasadlarni olib chiqish ishlari davom etmoqda.
Xirosima va Nagasakiga o‘xshash
Dahshatli portlash Beyrut portida seshanba kuni kechasi yuz berdi. Seysmologlar portlash kuchini 4,5 ballik zilzilaga qiyoslashmoqda. Shaharning yarim binolari shikastlangan, kasalxonalar jarohatlanganlarga to‘lgan.
Portlash yuz berishidan oldin kuchli qasir-qusur tovush eshitilgan, bir necha daqiqadan so‘ng oq va qora tutun atrofni o‘ragan, so‘ngra osmonga alvon rang tutun ko‘tarilgan.
Portdan bir necha kilometr masofada joylashgan uylarning oynalari portlash kuchidan ko‘tarilgan to‘lqin oqibatida chilparchin bo‘lgan. Odamlarning aksariyati turli tomonga sachragan oynalar bo‘laklaridan jarohat olgan.
Livan bosh vaziri Xassan Diyab portda olti yil davomida noto‘g‘ri saqlangan 2750 tonna ammiak selitrasini portlash sababi sifatida keltirgan. Fojia tufayli Livanda uch kunlik motam e’lon qilingan. Mamlakat prezidenti Mishel Aun ikki haftalik favqulodda holat e’lon qilish uchun hukumatdan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishni so‘ragan.
Livan prezidenti va xalqiga Rossiya yetakchisi Vladimir Putin ta’ziya bildirgan.
"Rossiya Livan xalqining qayg‘usiga sherikdir. Sizdan jabrlanganlarning oila a’zolari va do‘stlariga hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarimni, shuningdek, barcha jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketish tilaklarimni yetkazishingizni so‘rayman", - degan Putin.
Absolutely aghast at these visuals from Beirut. Sending love and prayers to the Lebanese people 🇱🇧❤️pic.twitter.com/7g7xFvJT6w
— Harjinder Singh Kukreja (@SinghLions) August 4, 2020
Qohiradagi Giza piramidalari Beyrutda yuz bergan fojiadan so‘ng Livan xalqiga hamdardlik va qo‘llab-quvvatlov ramzi sifatida Livan bayrog‘i rangiga kirdi.
Giza Pyramids light up and illuminate with Lebanese flag in solidarity with Lebanese people for Beirut tragic incident
— Rana Gomâa (@RanaGmohamed99) August 4, 2020
🇪🇬❤️🇱🇧 pic.twitter.com/H1d7qsIc71
Dunyoning eng baland binosi BAAdagi Burj-Xalifa ham "qardosh xalq bilan birdamlik ramzi sifatida" Livan bayrog‘i rangiga bo‘yaldi.
Bu orada:
Livan maxsus xizmatlari besh oy burun Beyrut portidagi selitra tufayli trevoga urishgan.
"Milliy xavfsizlik Beyrut portida 12 raqamli angarda portlovchi moddalar saqlanishi munosabati bilan surishtiruv ishlarini boshlashni talab qilgan",- deb xabar bermoqda OTV telekanali maxsus xizmatlardagi o‘z manbasiga tayangan holda.
Ta’kidlanishicha, surishtiruvlar natijasida angardagi moddalar g‘oyatda xavfliligi aniqlangan.
Tramp munosabati
AQSh prezidenti Donald Tramp Livandagi portlashni "dahshatli hujum", deb atagan.
"Beyrutdagi katta portlashda ko‘plab odamlar halok bo‘ldi, yuzlab odamlar og‘ir jarohat oldi. Biz qurbonlar haqiga duodamiz. AQSh Livanga yordam berishga tayyor", - deya bayonot bergan amerika yetakchisi.
Tramp Beyrutdagi portlashni nega "hujum" deb hisoblashini tushuntirib o‘tgan.
"Portlash xarakteridan kelib chiqib aytish mumkin-ki, bu shunga o‘xshaydi. Men bir qancha ajoyib generallarimiz bilan uchrashdim, ular ham, aftidan shunday fikrda. Bu allaqanday ishlab-chiqarishdagi portlashga o‘xshamaydi", - degan Tramp.
"Ular bu hujum, qandaydir bomba bo‘lgan, deya o‘ylashayotganga o‘xshaydi", - deb qo‘shimcha qligan AQSh rahbari.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 500 nafar jarohatlanganlar davolanishi uchun mo‘ljallangan preparatlarni, shuningdek, 500 kishilik jarrohlik to‘plamlarini Beyrutdagi portlashda jabrlanganlar uchun yubormoqda.
Bu haqda RIA Novostiga BSST vakili Inas Xamam ma’lum qilgan.
Zarurat tug‘ilgan taqdirda, qo‘shimcha materiallar yuborilishi ta’kidlangan.
Beyrutdagi portlash tufayli neft narxi o‘sish tempi tezlashdi
Beyrut portidagi yuz bergan portlash va shundan so‘ng Isroilning ushbu voqeaga aloqador emasligi haqidagi bayonotlari ortidan neft narxi o‘sish tempini tezlatdi. Bu haqda savdo ma’lumotlari dalolat bermoqda.
Moskva vaqti bilan 20.30 da Brent markasidagi shimoliy dengiz neft aralashmasining oktabr fyucherslaridagi narxi 0,68%ga - bir barrel uchun 44,45 dollarga oshgan. WTI markasidagi neft uchun sentabr fyucherslari 1,68%ga - bir barrel uchun 41,71 dollargacha qimmatlagan. Moskva vaqti bilan 18.10da, yaxni portlashga qadar Brent markasidagi neftning bir barrel uchun bahosi 44,23 dollar, WTI esa - 41,36 dollar bo‘lgan.
Isroil Beyrutdagi portlashga aloqador emasligini ma’lum qildi
Isroil Livan poytaxtida yuz bergan hodisaga aloqador emas, bu haqda mahalliy telekanallardan biri Isroil davlatidagi manbaga tayangan holda ma’lum qilgan.
Ilgariroq Isroil armiyasi Beyrut porti bo‘ylab raketa zarbasi amalga oshirilganligi haqidagi xabar yuzasidan, RIA Novostiga, armiya chet el OAVlari xabarlariga izoh bermasligini ma’lum qilgan edi.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Milliy Xavfsizlik Kengashi rahbari Meir Ben-Shabatga BMTning Yaqin Sharqda tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus koordinatori Nikolay Mladenov orqali Isroil Livanga qanday yordam berishi mumkinligini so‘rashni buyurgan.
Avvalroq Mudofaa vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari Beni Gans hamda tashqi ishlar vaziri Gabi Ashkenazi portda sodir bo‘lgan kuchli portlashdan keyin xalqaro kanallar orqali Livan hukumatiga tibbiy gumanitar yordamni taklif qilishgani haqida xabar berilgan edi.