TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston mehnat migrantlariga qulay shart-sharoitlar yaratish uchun Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyor, dedi Rossiya Federatsiyasidagi respublikaning tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlik vakolatxona rahbari Saidnumon Mansurov.
"O‘zbekiston qulay ish sharoitlarini yaratish, eng muhimi Rossiya hududida vatandoshlarning qonuniy bo‘lib turishi uchun birgalikdagi hamkorlikka tayyor", - dedi Mansurov.
Uning aytishicha, Agentlik Rossiya IIV bilan birgalikda o‘zbekistonlik mehnat migrantlari orasida qonunlarga rioya qilinishi bo‘yicha tushuntirish bo‘yicha muntazam ravishda tadbirlar o‘tkazadi.
"Shu o‘rinda bizning IIV Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi rahbariyati bilan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan aloqalarimizni ta’kidlash muhim", - deya aniqlik kiritdi Mansurov.
Agentlik vakilining ta’kidlashicha, O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida kunlik yangilanadigan ma’lumotlar bazasidan foydalanishlari mumkin.
"Natija sifatida, pandemiya paytida ishidan ayrilganlarning ko‘plari cheklovlar olib tashlanganidan keyin allaqachon yangi ish joylarini topganligini aytish mumkin", dedi u.
Mansurovning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya vaqtida O‘zbekiston tomoni boshpanasiz qolgan mehnat migrantlariga xostellarda yashash uchun imkoniyat yaratdi. Bundan tashqari, vatandoshlarga tezkor moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun birgamiz.com onlayn-platformasi yaratilgan.
"Eng asosiysi - deyarli barcha fuqarolarimiz Rossiyaga ishlash uchun kelganliklarini va mojaroga bunday o‘rin yo‘qligini tushunadilar", - degan u.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda 2 millionga yaqin kishi ishlash uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan, ulardan 1,5 millionga yaqini Rossiyada mehnat qiladi.