Yekaterinburgda migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

© Sputnik / Andrey Varenkov / Mediabankka o‘tishDraka
Draka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yekaterinburgda o‘tgan haftada Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Yekaterinburgda 18-19 iyul kunlari Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan huquq tartibot organ xodimlari tekshiruv o‘tkazmoqda.

Mahalliy OAVlar voqea joyida bo‘lgan guvohlar yuborgan videoni chop etdi.

Viloyat milliy-madaniy uyushmasi va tojik diasporasi rahbari Farux Mirzoyev E1.RU bilan suhbatda tojik va qirg‘iz yoshlari o‘rtasida mojaro kelib chiqqanini aytdi.

Diaspora rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yoshlar bilan profilaktika ishlari zudlik bilan boshlangan va ishga mahalliy IIV xodimlari ham qo‘shilishdi.

"Menda bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda, mojaroda 200 ga yaqin kishi ishtirok etgan. Do‘konda ishlaydigan odamlar mingga yaqin bo‘lgan deb aytishmoqda. Ammo men bu raqamga ishonmayman. Ularning soni oz bo‘lganligini video ham tasdiqlamoqda", - deydi Mirzoyev.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining Rossiyadagi vakolatxonasi tekshiruv ishlariga qo‘shildi. Vakolatxona ma’lum qilishicha, mojaroda 10-15 kishi ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0