Rossiyadan 300 nafarga yaqin talaba O‘zbekistonga olib kelindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUzbekistan vozvrashayet charternimi reysami zastravshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa
Uzbekistan vozvrashayet charternimi reysami zastravshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha kelganlar sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiq maxsus ajratilgan muassasalarda ikki haftalik karantinga joylashtirildi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Kuni kecha Uzbekistan Airways maxsus reysi bilan Qozondan 300 nafar talaba O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda RIA Novosti'ga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tezkor shtabda ma’lum qilindi.

Migranti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyadagi mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratishga rozi

Talabalar Samarqand va Toshkentga olib kelindi. Ular 14 kunlik karantin o‘tkazishi uchun alohida tashkil qilingan muassasalarga joylashtirildi.

Bundan avval Sibir federal okrug oliygohlarida tahsil olayotgan 100 nafar talab olib kelindi.

Talabalarni olib kelish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda: 22-iyul kuni Novosibirskdan 200 nafarga yaqin talaba maxsus reys bilan Toshkentga olib kelindi. O‘zbekiston hukumati avgustning birinchi o‘n kunligida Rossiyaning olti shaharidan – Moskva, Sank-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon va Rostov-Dondan talabalarni vatanga qaytarish reystalarini tashkil qilishga va’da bergandi. Shuningdek, Kiyev va Qohiradan fuqarolarni olib kelish rejalashtirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0