Koronavirusga qarshi samarali dori vositasi paydo bo‘lmasligi ham mumkin - BSST rahbari

© United States Mission GenevaLogotip Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ)
Logotip Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BSST rahbari mamlakatlar va hukumatlarni pandemiyaga qarshi kurash choralariga qat’iy amal qilishga chaqirdi, bular: niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, gigiyena va testlar.

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Koronavirusga qarshi samarali dori vosita umuman paydo bo‘lmasligi ham mumkin. Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus brifingda ma’lum qildi.

Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada bolalar uchun COVID-19 vaksinasi sinovi Yangi yildan keyin boshlanishi mumkin

"Hozirda bir qator vaksinalar klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan o‘tmoqda va barchamiz odamlarni kasallanishini oldini olishga yordam beradigan samarali vaksinalarning qandaydir miqdorini olishga umid qilib qolamiz. Ammo, hozirda mukammal davo yo‘q va u hech qachon paydo bo‘lmasligi ham mumkin", - dedi u.

BSST rahbari mamlakatlar va hukumatlarni koronavirus tarqalishining oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi. U yana bir bor niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, gigiyenaga amal qilish va testlarni o‘tkazish muhimligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0