Rossiyada bolalar uchun COVID-19 vaksinasi sinovi Yangi yildan keyin boshlanishi mumkin

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishVaksina
Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bolalarda COVID-19ga qarshi vaksina tadqiqotlarini kelasi yilning yanvar-fevral oylarida boshlash rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Gamaleya nomidagi Milliy tadqiqotlar markazi bolalarda COVID-19ga qarshi vaksina tadqiqotlarini kelasi yilning yanvar-fevral oylarida boshlashni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi RIA Novosti.

"Biz hozirda ushbu hujjatlar to‘plami bilan ishlashni boshladik, chunki institut hech qachon bolalarda sinovlar o‘tkazmagan. <...> Pediatrlar bu xususiyatlarni bilishadi va ular bilan birgalikda biz Sog‘liqni saqlash vazirligiga sinovlarni bolalarda amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar to‘plamini yozmoqdamiz, ammo bu sinovlarni biz kattalar bo‘yicha barcha tadqiqotlarni tugatganimizdan keyingina amalga oshiramiz", - dedi markaz direktori Aleksandr Ginsburg.

Sotrudnik restorana vozle tablichki Teper otkrito v San-Antonio - Sputnik O‘zbekiston
“Vaksinalar uchun poyga”: G‘arb Rossiyani ayblamoqda

Uning so‘zlariga ko‘ra, sinov qishda boshlanadi, chunki kattalarda koronavirus vaksinasi sinovlarining uchinchi bosqichiga taxminan besh oy ketadi. Unda ikki mingga yaqin bemor ishtirok etadi.

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinalari sinovlari

Avvalroq Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinaning klinik sinovlari yakunlanganini ma’lum qilgan edi.

Uning ta’kidlashicha, hukumat oktabr oyida ommaviy emlashni rejalashtirmoqda. Avvalo koronavirus qarshi shifokorlar va o‘qituvchilarga emlanadi.

Mutaxassislar preparatni Mudofaa vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqishdi. Iyul oxirida gospitaldan 20 nafar ko‘ngillilardan iborat ikkinchi guruh chiqarildi. Ularning har birida immun hosil bo‘ldi, nojo‘ya ta’sirlar yoki asoratlar aniqlanmadi.

O‘z vaksinasinining klinik sinovlarini “Vektor” Markazi ham amalga oshirishni boshladi, u ishlab chiqarishni noyabr oyida boshlashni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0