Amur viloyatidagi muammoning yechimi topildi - elchixona

© Posolstvo Uzbekistana v RFGenkonsul Mexriddin Xayriddinov posetil Amurskuyu oblast dlya uregulirovaniya insindenta s uchastiyem grajdan Uzbekistana
Genkonsul Mexriddin Xayriddinov posetil Amurskuyu oblast dlya uregulirovaniya insindenta s uchastiyem grajdan Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amur viloyatida sodir bo‘lgan muammo hal bo‘ldi, O‘zbekiston fuqarolari ish tashlashni to‘xtatib, mehnat faoliyatini qayta boshlashdi.

TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. Amur gazni qayta ishlash zavodi qurilishidagi muammo o‘z yechimini topdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi.

"Rossiya va Turkiya tomoni bilan hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasi o‘laroq mummoning barcha uchun maqbul yechimi topildi va vaqtinchalik shaharchada tartib-intizom tiklandi", - deyilgan xabarda.

Ayni damda O‘zbekiston fuqarolari ish tashlashni to‘xtatib, obyektda mehnat faoliyatini qayta boshlashgan. Rossiya huquqni saqlash organlari bo‘lib o‘tgan mojaro yuzasidan tekshiruvlar olib bormoqda.

Stroitelnie kaski - Sputnik O‘zbekiston
Amur viloyatidagi mojaro hal qilindi - ishchilarga qo‘shimcha maosh to‘lanadi

Tekshiruvlarda ish beruvchi tomonidan mehnat qonunchiligining buzilishi, ishchilar tomonidan tartibsizliklar uyushtirilishi va boshqa qonun buzish holatlari o‘rganib chiqiladi va qonunbuzarlar javobgarlikka tortiladi.

O‘z navbatida, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mazkur jarayonda O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlari buzilmasligi uchun barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, - deyilgan xabarda.

© Posolstvo Uzbekistana v RFBosh konsuli Mehriddin Xayriddinov Amur viloyatida ishchilar bilan uchrashdi
Amur viloyatidagi muammoning yechimi topildi - elchixona  - Sputnik O‘zbekiston
Bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov Amur viloyatida ishchilar bilan uchrashdi

Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni Amur GQIZida 300ga yaqin ishchilar maoshdan norozi bo‘lib korxona hududida tartibsizliklar uyushtirishgan edi.

Mojaroni tafsilotlarini aniqlash va uni hal qilishda ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida voqea joyiga Elchixona Bosh konsuli M.Xayriddinov yetib borgan edi. Bosh konsul viloyat ma’muriyati, prokuratura va ish beruvchi hamda vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ishchilar noroziligiga sabab bo‘lgan omillarni aniqladi.

© Posolstvo Uzbekistana v RFBosh konsuli Mehriddin Xayriddinov Amur viloyatida ishchilar bilan uchrashdi
Amur viloyatidagi muammoning yechimi topildi - elchixona  - Sputnik O‘zbekiston
Bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov Amur viloyatida ishchilar bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0