Toshkent viloyatida plastik jarrohlik stolida 29 yoshli bemor vafot etdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishInstitut plasticheskoy xirurgii i kosmetologii v Moskve
Institut plasticheskoy xirurgii i kosmetologii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Burun deformatsiyasi tashxisi bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti davomida vafot etgan 29 yoshli bemor 2018-yil noyabr oyiga qadar prokuratura organlari tizimida ishlab kelgan.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqda tarqalgan noto‘g‘ri jarrohlik amaliyoti sababli prokuratura xodimi vafot etgani haqida xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 2020-yil 30-iyul kuni fuqaro 29 yoshli S.T. Zangiota tumanidagi “Lor Med servis” xususiy klinikasida burun deformatsiyasi tashxisi bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti davomida vafot etgan.

Chelyustno-litsevie xirurgi vo vremya operatsii - Sputnik O‘zbekiston
Go‘zallik qurboni: Toshkentdagi plastik jarrohlik klinikasi tufayli uch kishi o‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.

“Marhum S.Turdiyev haqiqatda 2018-yil noyabr oyiga qadar prokuratura organlari tizimida ishlab kelib, Toshkent viloyati prokurorining buyrug‘iga asosan prokuratura organlaridan bo‘shatilgan”, - deyilgan xabarda.

Prokuratura shifokor hibsga olinganligi haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0