Go‘zallik qurboni: Toshkentdagi plastik jarrohlik klinikasi tufayli uch kishi o‘ldi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishChelyustno-litsevie xirurgi vo vremya operatsii
Chelyustno-litsevie xirurgi vo vremya operatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Mont Blanc” xususiy klinikasida burun qiyshiqlari, tashqi burun deformatsiyasi va burun to‘sig‘i qiyshayishini to‘g‘irlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan uch fuqaro hayotdan ko‘z yumdi. Ulardan biri Qozog‘iston fuqarosi.

TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Bosh prokuratura “Mont Blanc” xususiy klinikasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemorlar o‘limi yuz berganligi yuzasidan bayonot berdi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 1-avgust kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan “Mont Blanc” xususiy shifoxonasida fuqaro U. Bahranovga burun qiyshiqlarini to‘g‘irlash yuzasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Amaliyotdan so‘ng bemorning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli 20-avgust kuni Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan shifoxonaga yotqizilgan.

Biroq unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan U.Bahranov vafot etgan.

15 avgust kuni Qozog‘iston fuqarosi L.Apostolovaga  “Mont Blanc” xususiy klinikasida tashqi burun deformatsiyasi va burun to‘sig‘i qiyshayishi to‘g‘irlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan hamda burun to‘sig‘i qiyshayishi to‘g‘irlangan.

Jarrohlikdan so‘ng bemor mustaqil nafas olishga o‘tkazilgan va unga antibakterial da’vo maqsadida “seftrakson” dori vositasi ichki qon tomiri orqali 1,0 ml. miqdorida yuborilgan.

Shundan so‘ng bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va chuqurlashtirilgan tekshirishlar o‘tkazish maqsadida RShTOIMga olib borilgan.

19 avgust kuni yilda markaz shifokorlari ko‘rsatgan  tibbiy muolajalarga qaramasdan, L.Apostolova shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

24 avgust kuni  xuddi shu klinikada fuqaro G.Sharifovaga burun sohasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish vaqtida unga yuborilgan narkoz noto‘g‘ri ta’sir qilishi natijasida ahvoli og‘irlashgan.

Natijada shu kunning o‘zida bemorning uning yaqin qarindoshlari tomonidan  “Akfa medline” xususiy shifoxonasiga (klinik o‘lim holatida) olib kelingan.

Bemor 26-avgust kuni shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar bosh prokuraturada o‘rganilib, 12-noyabr kuni O‘zbekiston JKning 116-moddasi 4-qismi “a,b” bandlari (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, ehtiyotsizlik orqasida odamlar o‘limiga va boshqacha og‘ir oqibatlarga olib kelish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Shayxontohur tuman prokuraturasida dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, uning borishini bosh prokuratura nazoratga olgan.

Xabarda tuman prokuraturasi yuqoridagi kabi holatlarni kelgusida sodir etilishini oldini olish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vaziriligiga taqdimnoma kiritgani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0