Qarshi shahri 15-avgustgacha yopildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDorojniy znak s nadpisyu "Karantin"
Dorojniy znak s nadpisyu Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarshi, Shahrisabz shaharlari va tumanlar markazlarida xizmat ko‘rsatayotgan yo‘nalishsiz taksi avtomashinalari soni 3 baravargacha qisqartiriladi.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Qarshi shahri bugun, 27-iyul 00:01 dan boshlab yopildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati maxsus komissiyasi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Qashqadaryo viloyatida 2020-yil 27-iyul soat 00:01 dan boshlab 15-avgustgacha quyidagi qo‘shimcha cheklovlar joriy qilinadi:

  • Qarshi shahriga barcha turdagi transport vositalarining kirishi va harakatlanishi (fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borish-kelish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish, tashish bilan shug‘ullanuvchilar, quruvchi tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli jihoz, xom-ashyo materiallarini tashishga mo‘ljallangan avtomashinalari bundan mustasno) cheklanadi.
  • Qarshi, Shahrisabz shaharlari va tumanlar markazlarida xizmat ko‘rsatayotgan yo‘nalishsiz taksi avtomashinalari soni 3 baravargacha qisqartiriladi.

Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 16-iyuldagi yig‘ilish bayoni talablariga qat’iy rioya qilgan holda viloyatdagi ro‘yxatga olingan vakolatli transport tashkilotlari (uyushmalar) tomonidan aniq davlat raqami ko‘rsatilib, ruxsat berilgan yo‘nalishsiz taksi avtomashinalarigina harakatlanadi.

Vnimanie, karantin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda karantin 15-avgustga qadar uzaytirildi

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakat xavfsizligi bosh boshqarmasi va transport boshqarmasi Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi yo‘lovchi tashish taksilari hamda haydovchilarining ro‘yxatini shakllantirish va ularning belgilangan hududdan tashqarida faoliyat olib bormasliklari ustidan qa’tiy nazorat o‘rnatadi.

Viloyat transport boshqarmasi va viloyat Sanitariya-epidimiologik nazorati markazi yo‘nalishsiz taksilarga har 4 soatda dezinfeksiya qilishni qat’iy nazoratga olish maqsadida maxsus dezenfeksiyalash nuqtalarini tashkil etish va dezenfeksiyalashni ro‘xatga olish mezanizimini shakillantiradi. 

Yangiliklar lentasi
0