Rossiya 11-avgustdan xalqaro avia-qatnovlarni to‘liq tiklash masalasini ko‘rib chiqmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320
Samolet Airbus A320 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada xalqaro yo‘nalishlarda fuqarolik tashuvlarini qayta tiklash ustida jiddiy ishlar olib borilmoqda

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Avia-parvozlarni qayta tiklash variantlari oliy darajada muhokama qilinmoqda, deb xabar qiladi Sputnik Tojikiston TASS axborot agentligiga tayangan holda.

Samolet na fone superluniya vo Frankfurte, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston aviareyslarni tiklashga tayyorlanmoqda

Axborot agentligi manbalaridan biri xalqaro avia-parvozlarning qayta tiklanishi ehtimoliy sanasi etib 11-avgustni aytgan. Shu sanadan Rossiya barcha davlatlar bilan parvozlarni qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Yana bir manba esa, ushbu masala Rossiyada koronavirus bo‘yicha tezkor shtabning oxirgi majlisida muhokama qilinganiga aniqlik kiritgan.

Rossiya TIV va tezkor shtab o‘zining oxirgi bayonotlarida bir necha marotaba avia-parvozlarni qayta tiklash masalasi tahlil qilinayotgani va ko‘rib chiqilayotgani haqida to‘xtalgan edilar.

Ayni vaqtga kelib, Rossiya Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniya bilan avia-qatnovlarni rasman tiklagan. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Tatyana Golikovaning aytishicha, parvozlar faqatgina o‘zaro kelishuv asosida qayta tiklanishi mumkin.

So‘nggi tezkor xabarlarga ko‘ra, Rossiya 15-avgustdan Shveysariya bilan avia-parvozlarni tiklamoqda.

Xabarda aytilishicha, Moskva — Jeneva — Moskva marshruti bo‘yicha reyslar haftasiga bir marotaba amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0