Koronavirusga chalingan bemorlarda eshitish qobiliyati yomonlashadi - olimlar

© Sputnik / Tatiana Makeeva / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik v statsionare dlya bolnix COVID-19 v Tverskoy oblastnoy klinicheskoy bolnitse
Meditsinskiy rabotnik v statsionare dlya bolnix COVID-19 v Tverskoy oblastnoy klinicheskoy bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadqiqotchilar koronavirusga chalingan 121 nafar bemor bilan aloqada bo‘lganlar. Ulardan ba’zilari eshitish muammolaridan shikoyat qilishgan

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Britaniyalik olimlar koronavirus eshitish bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.

V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 24 mingdan oshdi

Manchester universiteti (Buyuk Britaniya) audiologlari o‘tkazgan tadqiqotlar natijalari haqida Daily Mail xabar bergan.

Mutaxassislar Uaytensho kasalxonasida koronavirusga chalingan 121 nafar bemor holatini kuzatuvga olganlar. Ularning 16 nafarida kasalxonadan chiqqanidan so‘ng sakkiz hafta o‘tgach eshitish qobiliyati yomonlashgan - teng yarmida quloqlarida shovqin paydo bo‘lgan, qolgan qismi esa yaxshi eshitmay qolgan.

Universitetning yetakchi tadqiqotchisi Kevin Manroning aytishicha, COVID eshitish tizimining barcha qismlari, shu jumladan, o‘rta quloq yoki ichki quloqda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Eshitish nervidan miyaga signal yuborish tizimi ham shikastlanishi mumkin. Giyen-Barre sindromi deb ataluvchi holat eshitish nevropatiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, uning koronavirus bilan bog‘liqligi ma’lum, deya ta’kidlagan tadqiqotchi.

Vaksina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom sentre vaksin - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning 26 ta varianti yaratilmoqda

Mutaxassislar tadqiqotning barcha ishtirokchilarini ular kasalxonadan chiqqanlaridan keyin telefon orqali so‘roq qilganlar. Yana 16 kishi eshitish qobiliyatidan shikoyat qilgan. To‘rt kishi ahvoli yomonlashganini aytgan, ammo ular koronavirus bilan kasallanishdan oldin ham muammolarga duch kelganliklarini ta’kidlashgan. Sakkiz nafarining quloqlarida shovqin paydo bo‘lgan.

Tadqiqot natijalari, COVID-19, ayniqsa muammolari bo‘lgan kishilarda quloq uchun uzoq yomon oqibatlarni keltirishi mumkin, degan xulosalarni bermoqda, deb yozadi Daily Mail.

Manro, tadqiqotlarga qaramay, eshitish qobiliyatiga boshqa omillar ham ta’sir qilishi mumkinligini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bularga stress va havotir, muloqotni qiyinlashtiruvchi niqoblar, COVID-19 qarshi qabul qilinadigan va quloqlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan dori preparatlari yoki jiddiy kasallik bilan bog‘liq boshqa omillar kiradi.

Yangiliklar lentasi
0