Dunyoda bir sutkada 254 ming kishi koronavirus yuqtirdi. O‘zbekistonda-chi?

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVrach v zapotevshix zashitnix ochkax vo vremya raboti v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19
Vrach v zapotevshix zashitnix ochkax vo vremya raboti v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirus bilan bemorlanish holatlari 16,8 milliondan oshib ketgan, 662 ming kishi infeksiya tufayli vafot etgan.

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 287 nafarga ortdi va hozirda 23 558 kishini tashkil etmoqda, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov o‘zbekistonlik shifokorlarga 10 million dollar ajratdi

Yangi kasallanish holatlarining 111 nafari Karantin markazidagi xorijdan kelgan fuqarolar orasida, 112 nafari Toshkent, 22 nafari Sirdaryo, 17 nafari Qashqadaryo, 15 nafari Namangan hamda 10 nafari Navoiy viloyatlarida aniqlangan.

Mamlakatda 9 741 nafar bemorga standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 436 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 137 inson virus qurboniga aylangan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan bemorlanish holatlari 16,8 milliondan oshib ketgan, 662 ming kishi infeksiya tufayli vafot etgan.

So‘nggi bir sutkada COVID-19ga chalinganlik bo‘yicha 253 793 ta yangi holat qayd etilgan, 5 999 kishi qurbon bo‘lgan.

BSST 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0