Sinoptiklar: Moskvada yozda qor yog‘ishi - bu odatiy hol

CC0 / pixabay / Snejinka. Krupniy plan
Snejinka. Krupniy plan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ob-havo surprizlarni keltirib chiqarmoqda: Rossiya poytaxti aholisi iyul oyida qor yog‘ishini boshdan kechiradi deb kim o‘ylagan.

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Moskvaning janubiy-g‘arbida, Zuzino tumanida qor yog‘di. Avvalroq, meteorologlar poytaxtda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi, ammo qishdagi kabi yog‘ingarchilik haqida umuman gap bo‘lmagan.

Veter - Sputnik O‘zbekiston
Qisqa muddatli yomg‘ir va shamol - O‘zbekiston bo‘ylab haftalik ob-havo

Biroq, sinoptiklar yengil yoz qorida hech qanday g‘ayritabiiy narsani ko‘rmadilar va bu yozda sodir bo‘lib turadigan oddiy hol ekanligini ma’lum qilishdi.

"Bular mayda do‘l bo‘laklari bo‘lib, ular shunchaki bulutlar ichra o‘tayotib erib ulgimagan. Shuning uchun ularning rangi qattiq jismli yog‘ingarchiliklarga xos. Bu hodisada g‘ayrioddiy narsa yo‘q, u har yili bo‘lib turadi", - dedi Rossiya Gidrometeorologiya markazining bosh mutaxassisi Marina Makarova “Izvestiya”ga bergan intervyusida".

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva hozirda salqin siklon ta’sirida bo‘lib, u to‘planma-yomg‘ir bulutlari va yog‘ingarchilikni hosil qiladi.

Mutaxassis, iyulda qor yog‘ishi umuman issiq yozni qishga almashinishini anglatmaydi, deb ishontirishga shoshildi.

Hafta oxiriga qadar, sinoptiklar havo harorati kunduzi 18-20 darajagacha, kechasi esa 11-13 darajagacha issiq bo‘lishini prognoz qilishmoqda. Keyinchalik, dushanba kunidan boshlab havo yana isiy boshlaydi va termometr ko‘rsatkichi 26 darajaga yetadi.

Yangiliklar lentasi
0