Qisqa muddatli yomg‘ir va shamol - O‘zbekiston bo‘ylab haftalik ob-havo

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishVeter
Veter - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikaning barcha viloyatlarida 31 iyulda ayrim joylarga, 1-2 avgust kunlari tog‘li va tog‘oldi tumanlarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 28-iyul - Sputnik. 27 iyuldan 29 iyulgacha O‘zbekiston hududi atmosferadagi kuchsiz g‘arbiy oqim harakati ta’sirida bo‘ladi, natijada respublikada ob-havoning o‘rtacha issiq va mamlakat hududining katta qismida quruq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qiladi O‘zgidromet xizmati.

Tashkentsi kupayutsya v fontane, spasayas ot jari - Sputnik O‘zbekiston
Sinoptiklar O‘zbekistonda jazirama yozni prognoz qilmoqda

O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 35-38 daraja bo‘ladi, ayrim joylarda 40 darajagacha yetadi.

30 iyul kuni Volgabo‘yi hamda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari ustida balandlikdagi siklon shakllanishi kutilmoqda, u 31 iyul kuni va avgustning birinchi kunlarida butun respublika hududidagi ob-havoning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

31 iyulda respublikaning barcha viloyatlarida ayrim joylarga, 1-2 avgust kunlari tog‘li va tog‘oldi tumanlarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 33-36 darajagacha pasayadi, bu iyul oxiri — avgustning boshi uchun xos bo‘lgan iqlimiy meyorlarga yaqindir.

Ba’zi kunlarda respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0