O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun ajratilgan qarz 1 mlrd $ dan oshdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKalkulyator i kupuri amerikanskix dollarov
Kalkulyator i kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasidan koronavirusga qarshi kurashish uchun 1 milliard dollardan ortiq kredit olgan.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Xalqaro tashkilot va jamg‘armalar tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga ajratilgan kreditlarning umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish uchun 200 mln $ qarz oladi

Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Jahon banki tomonidan Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (2-transh) yuzasidan qo‘shimcha moliyalashtirish sifatida 200 million dollar miqdoridagi imtiyozli kredit 30-yil muddatga (shundan, 5-yil imtiyozli davr) 1,2 foiz o‘zgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,88 foiz o‘zgaruvchan spred) ajratildi.

Shu bilan birga, Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan respublika iqtisodiyotiga koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 375 million AQSh dollari ekvivalentida kredit mablag‘lari ajratildi.

Mujchina pereschitivayet dollari SShA, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
OTB O‘zbekistonga 500 mln $ imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi

Imtiyozli kreditlar o‘z ichiga 10-yil muddatga (shundan, 5-yil imtiyozli davr) 125 million AQSh dollariga teng foizsiz tezkor kreditlash liniyasi va 5-yil muddatga (shundan, 3-yil imtiyozli davr) 250 million AQSh dollari 1,05 foiz o‘zgaruvchan stavkadagi tezkor moliyalashtirish instrumentini oladi.

Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 500 million AQSh dollari miqdoridagi budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit 15-yilga (shundan, 3-yil imtiyozli) 0,84 foiz o‘zgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,5 foiz) ajratildi.

Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston pandemiya tufayli OTBdan 1 mlrd dollargacha mablag‘ so‘radi

Ta’kidlanishicha, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilingan mablag‘larni prezidentning hamda hukumatning tegishli farmon, qaror va ko‘rsatmalariga asosan ajratilmoqda.

Xabarda mazkur ajratilgan mablag‘larning sarfi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar Moliya vazirligi tomonidan muntazam ravishda e’lon qilinib kelinayotgani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0