JSST Vyetnamda COVID-19 ning yanada yuqumli shakli tarqalgani yuzasidan munosabat bildirdi

© Sputnik / Sergey Rusanov / Mediabankka o‘tishRossiyskie turisti vinujdeni prodlit prebivanie vo Vyetname v svazi s koronavirusom
Rossiyskie turisti vinujdeni prodlit prebivanie vo Vyetname v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mamlakatda aniqlangan SARS-CoV-2 koronavirus shtammi yuqumliligi darajasi bo‘yicha boshqalardan farq qilmaydi.

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari Vyetnamda koronavirusning yanada yuqumli shakli paydo bo‘lganligi haqidagi ma’lumotni rad etishdi.

“Virusning ushbu aylanib yuruvchi turlarida mutatsiyalar paydo bo‘lishiga qaramay, tashvishlanishga o‘rin yo‘q. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, COVID-19ning yuqumliligi va xavfliligi o‘zgarmagan”, - dedi RIA Novostiga JSSTning Vyetnamdagi vakili Kidon Park.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vyetnam Danang shahrida (asosiy dam olish maskani va sayyohlarni jalb qilish markazlaridan biri) SARS-CoV-2 virusining oldingisidan yuqumliroq bo‘lgani avj olganini ma’lum qildi.

Goroda mira. Danang - Sputnik O‘zbekiston
Yanada yuqumliroq. Vyetnam yangi turdagi koronavirus haqida e’lon qildi

Mahalliy shifokorlar ma’lum qilishicha, infeksiyaning g‘ayrioddiy shtammi tezroq tarqaladi va tez fursatda kasallikning og‘ir shaklini keltirib chiqaradi.

Shu munosabat bilan shahardan barcha – 80 mingga yaqin sayyohlar zudlik bilan evakuatsiya qilindi.

Ta’kidlash joiz, sayyohlar deb asosan Vyetnamning boshqa mintaqalari aholisi nazarda tutilmoqda, chunki chet ellik mehmonlarga bir necha oydan beri mamlakatga kirish taqiqlangan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi shtamm noqonuniy migrantlar yoki mahalliy tibbiy muassasalardan birida COVID-19 kasalligi mutatsiyasi natijasida vujudga kelganini ma’lum qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0