Moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishOtkritie posle restavratsii glavnoy mecheti Moskvi
Otkritie posle restavratsii glavnoy mecheti Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov olamdan o‘tdi. U 55 yoshda edi. Uning o‘limi sabablari oshkor qilinmagan.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari Orqin Tursunov olamdan o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari 55 yoshida moliya vazirining o‘rinbosari-Tursunov Yorqin Ergashevich olamdan o‘tdi. Yorqin Tursunov Vatan ravnaqi, o‘z ishi uchun o‘zini ohirgi soniyalarini bag‘ishlagan ulkan qalbli shaxs edi”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik uning o‘limi sabablarini ochiqlamagan.

© Ministerstvo finansov UzbekistanaUshel iz jizni zamestitel ministra finansov Yorkin Tursunov. Yemu bilo 55 let.
Moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov vafot etdi - Sputnik O‘zbekiston
Ushel iz jizni zamestitel ministra finansov Yorkin Tursunov. Yemu bilo 55 let.

20 yildan ortiq vaqt mobaynida u Moliya vazirligi tizimida ishlagan. U yerda har doim o‘zining mehnatsevarligi, xar bir ishga yuqori ma’suliyat va puxtalik bilan yondashishi, har kimni tushunish qobiliyati bilan ajralib turgan.

Yorqin Tursunov 1965-yilda Samarqand viloyating Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1990-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini bakalavrini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyachi. 

Obrabotka mashini skoroy meditsinskoy pomoshi posle dostavki patsiyentov s podozreniyem na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda 37 yoshli tuman hokimi koronavirus qurboniga aylandi

Mehnat faoliyatini 1990-yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hokimiyati moliya bo‘limi aholini ijtimoiy himoyalashni moliyalashtirish bo‘yicha nazoratchi inspektori, budjet inspeksiyasi I toifali iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 

1993- 2002-yillarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hokimiyati moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari – budjet inspeksiyasi boshlig‘i, keyinchalik bo‘lim mudiri bo‘lgan. 

2002-2006 yillarda Navoiy viloyati hokimiyati moliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 

2006-2012 va 2016-2018 yillarda Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati boshlig‘i

Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga qadar, Yorqin Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimini egallagan.

Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari, ularni moliyalashtirish bo‘yicha samarali faoliyat olib borgan.

Yangiliklar lentasi
0