Qoraqalpog‘istonda 37 yoshli tuman hokimi koronavirus qurboniga aylandi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishObrabotka mashini skoroy meditsinskoy pomoshi posle dostavki patsiyentov s podozreniyem na koronavirus
Obrabotka mashini skoroy meditsinskoy pomoshi posle dostavki patsiyentov s podozreniyem na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Tolibayev isitma, umumiy holsizlik va quruq yo‘tal paydo bo‘lgach, joriy yil 10-iyul kuni respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev koronavirus qurboni bo‘ldi.

Lyudi v zashitnix kostumax provodat seremoniyu pogrebeniya cheloveka umershego ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusdan vafot etgan bemorlar organizmida g‘alati o‘zgarishlar aniqlandi

Daulet Tolibayev 1983-yil 18-oktabrda Nukus shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2004-yilda boshlagan Tolibayev uzoq yillar irrigatsiya sohasida turli tashkilotlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 

Daulet Tolibayev 2019-yildan buyon Qonliko‘l tumani hokimi edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Tolibayev isitma, umumiy holsizlik va quruq yo‘tal paydo bo‘lgach, joriy yil 10-iyul kuni respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Eks-prokuror Respubliki Karakalpakstan Xakimbay Xalimov skonchalsya ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘iston sobiq prokurori koronavirusdan vafot etdi

Unga "COVID-19" infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir respirator distress sindrom tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, miya shishi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda semizlikning 3-darajasi, yurak ishemik kasalligi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, miya shishidan vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0