"Meni tinch qo‘ying": Nargiz birinchi eri Ruslan Sharipov haqida gapirmaslikka ahd qildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishKonsert v chest Lyudmili Gurchenko
Konsert v chest Lyudmili Gurchenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli estrada xonandasi Nargiz Zokirova sobiq eri Ruslan Sharipov xotirasiga bag‘ishlab ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post yozib qoldirdi.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Taniqli estrada xonandasi Nargiz Zokirova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida sobiq turmush o‘rtog‘i Ruslan Sharipovning bevaqt vafotidan chuqur qayg‘udaligini bayon etdi. Xonanda fursatdan foydalanib, ushbu qayg‘udan foydalanib qolmoqchi bo‘lgan jurnalistlarga murojaat qilgan.

Ruslan Sharipov - Sputnik O‘zbekiston
Mashhur xonanda Ruslan Sharipov vafot etdi

"Qadrdon kuzatuvchilarim! Bugun birinchi erim - Ruslan olamdan o‘tdi. Buni anglash men uchun nihoyatda og‘riqli. Men qayg‘udaman. Hamdardlik bildirib yozgan izohlarida meni belgilagan insonlarning barchasiga minnatdorlik bildiraman. Qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib, shuni aytmoqchimanki, ushbu postni ommaga e’lon qilishni istamas edim, chunki kimningdir o‘limi - piar uchun sabab emas! Fojia va o‘limlardan shu yo‘l bilan daromad olishga harakat qiladigan odamlardan esa - nafratlanaman! Shuning uchun, mendan biron sharh yoki izoh kutmasligingizni o‘tinib iltimos qilaman! Bu, shuningdek, Nyu-Yorkda bo‘lgan va jurnalistlarning to‘xtovsiz qo‘ng‘iroq-hurujlariga duch kelgan onamga ham tegishli. Bu bizning shaxsiy qayg‘uimiz va uni qanday yengishimiz - oilamizning ichki ishidir. Tushunaman, hozirgi kunda taniqli insonlarning aksariyati bundan foydalanib, umrga tatigulik seriya va sujetlari bilan telekanallar bo‘ylab sayohatni amalga oshirgan bo‘lardilar. Men esa undaylar safiga kirmayman. Mening shaxsiy hayotim sotilmaydi va sotib olinmaydi! Albatta, qalbimda asrab keladigan ko‘plab qadriyatlarim bor, ular haqida aynan sizning xabardor bo‘lishingiz ko‘pam shart emas. Tushunganingiz uchun rahmat", - deb yozib qoldirgan xonanda.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonanda Ruslan Sharipov kuni kecha 54 yoshida olamdan o‘tdi. 

Ruslan Sharipov 1966-yil 10-sentabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Sharipov nafaqat qo‘shiqchi, balki musiqachi va bastakor bo‘lgan: "Bolalar", "Setora", "Bayt" kabi mashhur guruhlarga asos solgan. Bundan tashqari, taniqli xonanda "Shahzod" va "Xo‘ja" guruhlarining mashhur qo‘shiqlarini bastalagan.

Yangiliklar lentasi
0