Jamiyat

Mashhur xonanda Ruslan Sharipov vafot etdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xonanda Ruslan Sharipov 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xonanda Ruslan Sharipov 54 yoshida vafot etdi. 

Ruslan Sharipov Tagirovich 1966 yil 10 sentyabrda Samarqand shahrida tugʻilgan. Sharipov nafaqat qoʻshiqchi, balki musiqachi va bastakor boʻlgan: “Bolalar”, “Setora”, “Bayt” kabi mashhur guruhlarga asos solgan. 

Bundan tashqari, “Shahzod” va “Xoʻja” guruhlarining mashhur qoʻshiqlarini bastalagan.

Uning ijrosidagi “Yayra Oʻzbekiston”, “Salom, Navroʻz”, “Hayot”, “Otajonim”, “Goʻzal yor”, “Togʻda oʻsgan qiz” kabi koʻplab qoʻshiqlar muxlislar qalbidan joy olgan. Yulduz Usmonova bilan duet qoʻshiq kuylagan.

Sharipov shaxsiy hayotidagi qiyinchiliklar tufayli sahnani tark etgandi.

Yangiliklar lentasi
0