Grozin: MO davlatlarini suv tanqisligi kutmoqda, inqirozni faqat birgalikda yengish mumkin

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Mediabankka o‘tishZaveduyushiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin
Zaveduyushiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nurek suv omborida suv hajmi pasayishi munosabati bilan Tojikiston hukumati O‘zbekiston va Afg‘onistonga elektr energiyasini uzatishni to‘xtatdi.

Sputnik Tojikiston bilan muloqotda MDH mamlakatlari O‘rta Osiyo instituti bo‘limi rahbari Andrey Grozin ushbu holatni kutilgan deya atadi.

V Karakalpakstane syemku pogoni s politseyskimi prinyali za pravdu - Sputnik O‘zbekiston
Suv tufayli janjal: Beruniyda yuz bergan tartibsizliklar tafsilotlari oshkor qilindi

"Iqlimshunoslar va gidrograflar o‘tgan yildan buyon Markaziy Osiyo suv taqchilligi davriga o‘tayotganini aytishadi", - deya eslatdi ekspert.

Suv pasayishi davri sababli yirik gidroenergetika loyihalari bugunga kelib to‘xtab qolgan, deya ta’kidladi Grozin.

Ekspertning taxmin qilishicha, Markaziy Osiyo mintaqasi yaqin vaqt ichida suv tanqisligi muammosiga ro‘baro bo‘lishi mumkin.

"Ko‘rinib turibdiki, qandaydir jiddiy qarorlar qabul qilish lozim. Mintaqa mamlakatlari faqat birgalikda energetik inqirozni yenga olishlari, iqtisodiyotlar uchun uning oqibatlarini yumshatishlari mumkin", dedi Grozin.

Muvaffaqiyatli kooperatsiyaning yorqin misoli sifatida ekspert Tojikistonning YeOIIga qo‘shilishini aytib o‘tdi. U shuningdek, Markaziy Osiyoning yagona energetik konturini tiklash zarurligini qo‘shimcha qildi.

Grozin inqiroz katastrofik o‘lchamlarga yetib bormasidan muammoga yechim topish uchun umummintaqaviy yoki hatto kontinental qarorlar qabul qilish kerakligini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0