Charchoqdan shikoyat qilgan maktab o‘quvchisi uyquda koronavirusdan vafot etdi

© REUTERS / DADO RUVICProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘limidan bir necha kun oldin uning harorati 37,7 darajagacha ko‘tarilgan. Shifokorlar qiz oddiy O‘RVI bilan kasallangan deb hisoblashib, o‘z uyida davolanishga jo‘natib yuborishgan.

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. To‘qqiz yoshli amerikalik Kimora Linum uyquda koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Mirror nashriga tayangan holda xabar bermoqda.

Goroda mira. Danang - Sputnik O‘zbekiston
Yanada yuqumliroq. Vyetnam yangi turdagi koronavirus haqida e’lon qildi

O‘limidan bir necha kun oldin uning harorati 37,7 darajagacha ko‘tarilgan. Kasalxonada qizni shifokorlar ko‘rib, oddiy O‘RVI bilan kasallangan deb hisoblashib o‘z uyida davolanishga jo‘natib yuborishgan. Shuningdek, unga COVID-19 ga test topshirishni aytishmagan.

Ikki kundan keyin qiz o‘zini yaxshiroq his qilgan. Oxirgi kun kechki payt u ko‘chada do‘stlari bilan o‘ynagan, biroq uyga qaytgach, qattiq charchoqdan shikoyat qilgan. Keyinn u uyquga ketib, qaytib uyg‘onmagan.

Vafotidan keyin undan koronavirusga test olingan. Shunda unda koronavirus borligi aniqlangan.

AQShda epidemiya boshlangandan beri 4,2 milliondan ziyod kishi koronavirus bilan kasallangan. 148 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0