Analitika

Ukraina va Polsha nega “Shimoliy oqim-2”ga qarshi birlashdi – siyosatchi fikri

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka oʻtishUkrainskiy politik Vladimir Oleynik
Ukrainskiy politik Vladimir Oleynik - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH oʻz oldiga Yevropa bozoridan arzonroq energiya manbalari ega Rossiyani siqib chiqarish maqsadini qoʻygan, Ukraina va Polsha esa AQShning Yevropadagi “himoyachilari”dir, deya hisoblaydi ukrainalik siyosatchi Vladimir Oleynik.

Ukraina va Polsha Rossiyaning “Shimoliy oqim-2” loyihasini amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilish uchun birgalikda choralar koʻradilar, deb xabar berdi Ukraina TIV. Ushbu masala Varshavada Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kuleba va uning polshalik hamkasbi Yatsek Chaputovich oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda muhokama qilindi, unda ular energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi.

Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, veduщiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yushkov: Polsha "Shimoliy oqim-2" ni toʻxtatishga harakat qilmoqda

Kuleba va Chaputovichning fikriga koʻra, “Shimoliy oqim-2” butun Yevropaning energiya xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Ushbu yangilikni izohlar ekan, ukrainalik siyosatchi Vladimir Oleynik Polsha va Ukraina AQShga mutlaqo qaram ekanligini taʼkidladi.

“Ukraina allaqachon Polsha orqali Amerikaning suyultirilgan gazining bir qismini qabul qilib boʻldi. Endi Ukrainaning sotqin hukumati nima qilyapti -  Amerika gazi narxi kelajakda ukrainaliklarni larzaga solmasligi uchun, mamlakatda gaz narxini koʻtarmoqda. Barchasi amerikaliklarning manfaatlariga xizmat qilish uchun. Polsha va Ukraina bugungi kunda Amerikaning Yevropadagi “himoyachilari”dir, - dedi Oleynik Sputnik radiosining efirida.

Uning taʼkidlashicha, AQSH oʻz oldiga Yevropa bozoridan arzonroq energiya manbalari ega Rossiyani siqib chiqarish maqsadini qoʻygan.

Stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Bosim tobora kuchaymoqda. AQSH “Shimoliy oqim-2” pudratchilariga tahdid qilishga oʻtdi

“Nega Germaniya “Shimoliy oqim-2”ni bunchalar jiddiy qoʻllab-quvvatlamoqda? Bu mamlakat Amerikaning suyultirilgan gazini sotib olishni boshlasa, nima boʻlishini yaxshi tushunadi. Hozirgi kabi iqtisodiyoti yoʻq boʻladi. Germaniya barcha ilgʻor pozitsiyalarini yoʻqotadi”, - dedi Oleynik.

Shu bilan birga, u ushbu masalada hech qanday siyosat yoʻqligini taʼkidladi - faqat iqtisodiyot.

“Iqtisodiyot esa eng yuqori siyosatdir, chunki bu xalq farovonligidir", - dedi ukrainalik siyosatchi.

“Shimoliy oqim-2” qurilishini tugatish uchun bor kuchni safarbar qilish kerak. Bu hayot-mamot masalasi, boʻladi yoki boʻlmaydi”, - dedi Vladimir Oleynik.

Yangiliklar lentasi
0