TOShKENT, 26-iyul - Sputnik. AQSh hukumati “Shimoliy Oqim-2” qurilishiga jalb qilingan nemis va Yevropa kompaniyalariga bosimni kuchaytirmoqda. Bu haqda deya “Die Welt” gazetasi manbalarga tayangan holda xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, AQSh gaz quvurining Germaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlaridan bo‘lgan pudratchilari bilan “ularning loyihada kelgusida ishtirok etishining uzoq oqibatlarini ko‘rsatib berish uchun” ikkita videokonferensiya o‘tkazdi. Tadbirlarda AQSh Davlat departamenti, Moliya vazirligi va Energetika vazirligi vakillari ishtirok etdilar. Gazetaga manbalar habar berishicha, amerikalik amaldorlar “Shimoliy oqim-2”ning qurilishi yakunlanishiga to‘sqinlik qilishlarini yaqqol bildirishdi”.
“Men (Vashington tomonidan-tahr.) tahdidlar juda jiddiy deb hisoblayman”, - dedi suhbatdoshlardan biri.
AQSh Senati payshanba kuni “Shimoliy oqim-2”ga qo‘shimcha sanksiyalarni o‘z ichiga olgan mudofaa budjetini tasdiqladi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Kreml gaz quvuriga qarshi sanksiyalardan xavotirda, ular nomaqbul va qonunga ziddir. U ushbu loyihani amalga oshirishga qaratilgan strategiyani ishlab chiqish uchun vaziyat tahlil qilinishini ta’kidladi.
Rossiyadan Yevropaga gazni eskport qiluvchi “Shimoliy oqim” gaz quvuri 2011-yilda ishga tushirilgan. Uning ikkita quvuri Boltiq dengizi tubi bo‘ylab Rossiyaning Viborg shahridan Germaniyaning Grayfsvaldigacha davom etadi.
Ayni damda “Shimoliy oqim-2” ikkinchi gaz quvurining qurilishi davom etmoqda. U Rossiya qirg‘oqlaridan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga qadar umumiy quvvati yiliga 55 milliard kubometr gazni yetkazib beradigan ikkita quvur liniyasini qurishni ko‘zda tutadi.
AQSh ushbu loyihaga faol qarshi chiqib, u o‘z suyultirilgan tabiiy gazini Yevropa Ittifoqida, shuningdek Ukraina va bir qator Yevropa davlatlarida targ‘ib qilmoqda.
Ushbu loyihaga allaqachon AQShning sanksiyalari joriy qilingan, shu sababli so‘nggi bosqichida bo‘lgan gaz quvuri qurilishi cho‘zildi.
"Gazprom" gaz quvurini yotqizishni tugatish, mohiyatini ochiqlamagan choralarni ko‘rmoqda va uni 2020-yil oxirida yoki 2021-yil boshida ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bugungi kunga quvurlarning qariyb 94 foizi yotqizildi. Shu bilan birga, 4-iyun kuni bir qator senatorlar AQSh Senatiga gaz quvuriga qarshi yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdilar - ular qurilishda ishtirok etayotgan barcha kemalarga, ushbu kemalarni yetkazib beradiganlarga, ular uchun sug‘urta va port xizmatlarini ko‘rsatadiganlarga hamda “Shimoliy oqim-2”ning ishga tushishi uchun sertifikatsiyani o‘tkazib beradianlarga nisbatan qo‘llaniladi.