O‘zbekistonda koronavirus: 27-iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tish"Gemotest" nachinayet delat analizi na koronavirusnuyu infeksiyu
Gemotest nachinayet delat analizi na koronavirusnuyu infeksiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 421 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 952 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

U statsionara v Uzekspotsentre ustanovili monitori dlya rodstvennikov patsiyentov - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zekspomarkaz”dagi bemorlar qarindoshlari uchun monitor o‘rnatildi

Bir sutka davomida 421 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 952  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 84 nafari Toshkent shahrida, 48 nafari Toshkent viloyatida  bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 140 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 11 245 nafarga yetdi.

Ayni paytda 9 588 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

O‘lim holatlari

Kun davomida 3 nafar bemor vafot etdi: Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 65 yoshli erkak, Yashnobod tumanida yashagan 64 yoshli, Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli erkak vafot etdi.

Ularga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

O‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorlarning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etgan.

O‘zbekistonda jami 119 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Talabalar uchun charter

Bugun, transport vazirligi respublika maxsus komissiyasi topshirig‘iga asosan avgust oyining birinchi o‘n kunligida o‘zbekistonlik talabalar Rossiyaning oltita shahridan maxsus charter reyslari bilan qaytib kelishini ma’lum qildi. Xususan, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon va Rostov-Dondan reyslar tashkil etiladi. Shuningdek, Kiyev va Qohiradan ham maxsus reyslar rejalashtirilgan.

Monitorlar o‘rnatildi

“O‘zekspomarkaz”da joylashgan Taqsimlash markazidagi koronavirus bemorlarining yaqinlari va qarindoshlari uchun monitor o‘rnatildi. Endi bemorlarning yaqinlari ro‘y berayotgan vaziyatdan monitor orqali xabardor bo‘lishlari mumkin.

Soiskatel raboti - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migratsiyasidan qaytganlarning 50 foizi ish bilan ta’minlandi – vazirlik

Yangi IVL apparatlari

Shveysariya kompaniyalari Osiyo rivojlantirish bankini mablag‘i hisobidan O‘zbekistonga 19,5 million dollarlik o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlarini (IVL) yetkazib beradi.

Birinchi 100 dona apparat Toshkentga ikkita shartnoma asosida yetkazib berildi. Yana 700 dona qurilma yaqin haftalarda respublikaga olib kelindi.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 16,3 milliondan oshdi, 649 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (4,2 mln), Braziliyada (2,4 mln), Hindistonda (1,4 mln).

Yangiliklar lentasi
0