Mehnat migratsiyasidan qaytganlarning 50 foizi ish bilan ta’minlandi – vazirlik

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSoiskatel raboti
Soiskatel raboti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilning yanvar-iyun oylari davomida O‘zbekistonga 219 657 kishi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. 2020-yilning yanvar-iyun oylari davomida 219 657 nafar fuqarolar mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Rahimjon Mahkamov AOKAdagi brifingda ma’lum qildi.

Shundan 122 805 nafari Rossiya, 63 636 nafari Qozog‘iston, 7144 nafari Turkiya, 3376 nafari Janubiy Koreya hamda 22697 nafari boshqa chet davlatlardan qaytgan.

“Xorijdan qaytib kelgan fuqarolarning 201,4 ming nafari uyma-uy yurib o‘rganildi va ularning 100,6 ming nafari (50%) bandligi ta’minlandi”, - deyilgan xabarda.

Rossiyada og‘ir vaziyatda va ishsiz qolgan mehnat migrantlari qo‘llab-quvvatlash uchun “birgamiz.com” va anketa.migration.uz  veb saytlari, CALL markaz va telegram kanali joriy etgan. 20,2 mingdan ortiq fuqaroga ishga joylashish, huquqiy xizmat va moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0