TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. AQSh sobiq davlat kotibi Kolin Pauell AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyani “Katta yettilik”ga taklif qilish g‘oyasini sharhlab, u Moskvani Vashingtonning dushmani deb bilmasligini aytdi.
CNN telekanalida Pauelldan davlat rahbarining G7 sammitiga Rossiya delegatsiyasini chaqirish taklifiga qanday munosabatda ekanligini so‘rashdi.
“Men bunga shunday javob beraman: Rossiya bizning to‘rtta dushmanimiz ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, nima uchun u (Tramp) bu qarorni yolg‘iz o‘zi qabul qilmoqda? Aslida, ular dushman emas. Ular bizning to‘rtta dushmanimizdan biri emaslar ... Aynan Pentagon to‘rtta dushmanimizni belgilagan vaziyat yuzaga keldi: Xitoy, Rossiya, Eron va KXDR. (bu mamlakatlardan) hech biri hozirning o‘zida bizga hujum qilmoqchi emas”, - dedi u.
Pauell 2001-yildan 2005-yilgacha kichik Jorj Bush prezidentligi davrida davlat kotibi bo‘lgan.
Avvalroq Tramp G7 sammitini sentabrgacha qoldirishi va unga to‘rt davlatni - Rossiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Avstraliyani taklif qilmoqchiligini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “yettilik guruh” o‘z tarkibi bo‘yicha dunyoda sodir bo‘layotganlarni aniq aks ettirmayapti. Bu mamlakatlarning juda eskirgan guruhi”.