O‘zbekistonda sement importi tartibi soddalashtiriladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRabochiy demonstriruyet produksiyu zavoda
Rabochiy demonstriruyet produksiyu zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror bilan sement mahsulotini import qilinganda uni 1-2 kun ichida erkin muomalaga chiqarish imkoniyati yaratildi.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda sement importi tartibi soddalashtiriladi. Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, respublikaga olib kiriladigan sementni erkin muomalaga chiqarishni soddalashtirilgan tartib asosida amalga oshirish amaliyoti qo‘llanadi.

“Unga ko‘ra, sement mahsulotini import qilinganda uni 1-2 kun ichida erkin muomalaga chiqarish imkoniyati yaratildi. Avval sement import qilinganda kamida 28 kunlik muddatdan keyin muomalaga chiqarilar edi”, - deya e’tibor qaratgan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi.

Mahsulotni erkin muomalaga chiqarish (“IM 40” rejimiga o‘tkazish) davlat bojxona xizmati organlari tomonidan  tegishli muvofiqlik sertifikati asosida amalga oshiriladi (bojxona qonun hujjatlari xavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno).

Har bir bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha ma’lumot sertifikatlashtirish organiga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali yuboriladi va sement erkin muomalaga chiqarilganda sertifikatlashtirish organi bilan import qiluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma doirasida sementni xavf-xatarlarni tahlil qilish asosida davriy ravishda laboratoriya sinovlaridan o‘tkaziladi.

Proizvodstvo sementa na zavode - Sputnik O‘zbekiston
Sement narxi nega oshdi? Uyushma izohi

Qaror bilan sement mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, respublikada faoliyat yuritayotgan sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 2020-yil II yarmida 9 060,2 ming tonna (I yarim yilikka nisbatan 166% ko‘p) sement ishlab chiqarishni ta’minlash nazarda tutilgan.

Shuningdek, 2020-2021 yillarda 1 129 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish hisobiga sement ishlab chiqarish bo‘yicha jami 18 ta loyihaning (2020 yilda 7 ta, 2021-yilda 11 ta) ishga tushirilishi belgilangan.

Qarorga muvofiq, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan sementni olib kirganlik, ichki bozorda sement mahsulotlarini chakana sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jarimalar qo‘llashni nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0