Sement narxi nega oshdi? Uyushma izohi

© Sputnik / Valeriy Titiyevskiy / Mediabankka o‘tishProizvodstvo sementa na zavode
Proizvodstvo sementa na zavode - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda sement narxi oshishiga qurilish mavsumining boshlanishi, import kamayishi va birjada sement xaridorlari soni oshishi sabab bo‘lgan.

TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda yanvar oyida 1 tonna sement 500 mingdan sotilgan bo‘lsa, Iyun oyiga kelib sement narxi 800 ming so‘mga yaqinlashdi. Bu yanvar oyiga nisbatan sezilarli darajada qimmat. "O‘zsoanoatqurilishmateriallari"  sement narxi oshishiga rasman izoh berdi. 

Uyushma xabarida aytilishiga ko‘ra, sement narxi oshishiga bir necha obyektiv sabablar bor:

  • birinchi navbatda, qurilish mavsumining boshlanishi, karantin choralarining yumshatilishi natijasida qurilish ishlarining faollashuvi va jadallashuvi; 
  • ikkinchidan, respublika sement sotuvchi korxonalari tomonidan birja savdosiga qo‘yilayotgan sement miqdorining 25%ga kamayishi; 
  • uchinchidan, O‘zbekistonga import qilinayotgan sement hajmining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 baravar kamayishi; 
  • to‘rtinchidan, birjada sement xarid qilishni istaydigan korxonalar soni 2 baravarga oshishi. Xususan, yanvar oyida birja savdolarida bir kunda o‘rtacha 326 ta korxona ishtirok etgan bo‘lsa, iyun oyiga kelib ularning soni 692 tani tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan davr mobaynida birja savdosiga jami 4 075,0 ming tonna sement qo‘yilgan bo‘lib, ulardan 4 044,0 ming tonnasi, ya’ni 99,3 foizi sotildi. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 28 ta sement ishlab chiqaruvchi korxonalaridan 16 tasi o‘z mahsulotlarini birja savdolari orqali realizatsiya qilgan.

Yangiliklar lentasi
0