Shakar bozoriga qiyin bo‘ldi: MDH koronavirus inqirozini qanday yengmoqda

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSaxar.
Saxar. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Og‘ir iqtisodiy vaziyatga qaramay, Belarus, Qozog‘iston va Rossiya ishlab chiqarish hajmlarini oshirdi, O‘zbekistonga esa hukumatning inqirozga qarshi choralari majmuasi yordam berdi, deb hisoblaydi Yevroosiyo shakar uyushmasi.

TOShKENT, 26-iyul - Sputnik, Danara Kurmanova. Hamdo‘stlik mamlakatlari sanoat ekspertlari “MDH mamlakatlari shakar bozori-2020” konferensiyasida tarkibida shakar bo‘lgan mahsulotlarni iste’moliga koronavirusning ta’sirini  muhokama qilishdi. Tadbir 22-iyul kuni onlayn rejimida bo‘lib o‘tdi. Sputnik shakar ishlab chiqarishi neftga bog‘liqligini va 2021-yilda MDH qandolat fabrikalari oldida qanday qiyinchiliklar turganini o‘rgandi.

Shakar bilan neft

Joriy yil deyarli barcha ishlab chiqarish tarmoqlari uchun qiyin bo‘ldi, shakar bozori ham bundan mustasno emas. Ma’lum bo‘lishicha, shakar sanoati neft sanoati bilan chambarchas bog‘liq, chunki shakar qamish nafaqat oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, u suyuq yoqilg‘ining turlaridan biri - bioetanol ishlab chiqarishida qo‘llaniladi.

Saxar - Sputnik O‘zbekiston
Shakar ochiq savdoga chiqarildi - Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli neft narxlarining qulashi, davlatlar o‘rtasidagi aviatashuvlarning yopilishi va jamoat transportidagi uzilishlar yoqilg‘i ishlab chiqarishning pasayishiga olib keldi. Shunga muvofiq, jahon shakar bozorida qamish sanoat hajmlarida sotib olishning pasayishi kuzatilmoqda.

Biroq, transport vositalarining harakatlanishidagi cheklovlar MDHda ishlab chiqariladigan lavlagi shakarining sotilishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. 2020-yil bahorida Hamdo‘stlik mamlakatlariga shakar mahsulotlarini yetkazib berishda kechikishlar vujudga keldi.

Shakar zavodlari ham muammolarga duch kelishdi. Yevroosiyo shakar uyushmasi ijrochi direktori Andrey Bodinning so‘zlariga ko‘ra, shakar sanoatidagi mavsum avgustdan iyulgacha davom etadi. Shu sababli, yozda MDHning shakar zavodlariga odatda xorijiy mutaxassislar tashrif buyurishadi - ular uskunalarni sozlashni amalga oshiradilar. Bu yil chegaralar yopilganligi sababli ularning tashrifini tashkil qilish imkoni bo‘lmadi.

Pandemiya ta’siri: kamroq qahva, ko‘proq pechenyelar

Koronavirus shakarning individual iste’molini o‘zgartirdi. Xalqaro shakar tashkilotining iqtisodchisi Kirill Matrenichev shunday xulosaga keldi. Agar pandemiyagacha odamlar tarkibida shakar bor mahsulotlarni asosan jamoat joylarida sotib olishgan bo‘lsa, qahvaxonalar va restoranlarning yopilishidan keyin qahva va shirinlikka talab keskin pasaydi.

“Biz ulgurji savdo tarmog‘ida shakar savdosi darajasi pasayishini kuzatmoqdamiz. Shu sababli ishlab chiqarish mavsumi boshlanishiga shakarning zaxiralari eng yuqori tarixiy darajada”, - deb qo‘shimcha qildi Andrey Bodin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan mavsumga nisbatan MDH mamlakatlarida shakar zaxirasi 18 foizga oshdi. Shu bilan birga, Kirill Matrenichev ta’kidlashicha, tarkibida shakar bor mahsulotlarning barcha segmentlari salbiy dinamikani ko‘rsatmoqda. O‘z-o‘zini yakkalash rejimi pechenye savdosining ko‘payishiga olib keldi.

“Odamlar shunchaki zerikkanidan yeb, ko‘proq pishiriq sotib olishmoqda, - deb hisoblaydi u. - Karantin shirinliklarning ayrim turlarini iste’moli ko‘payishiga sabab bo‘ldi”.

Narxlar avvalgiday qolmoqda

Hamdo‘stlikning ko‘plab mamlakatlarida mahalliy hukumatlarning choralari koronavirus inqirozining oqibatlarini yengishda yordam bermoqda, deb hisoblaydi Andrey Bodin.

“MDH mamlakatlari ichki bozorni milliy darajada tartibga solishga harakat qilmoqdalar. Masalan, O‘zbekiston hukumati yanvar oyida oq shakar importiga aksiz solig‘ini joriy qildi, ammo uni pandemiya davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida joriy yilning aprelidan 31-dekabrigacha bekor qildi”, - dedi u.

Shu bilan birga, Belarus va Qirg‘iziston ichki bozorda shakarning minimal sotish narxlarni belgilab qo‘ydilar. Tojikiston davlat zaxirasiga 50 ming tonna shakar sotib olish uchun QQS stavkasini nolgaga tushirib qo‘ydi. Qozog‘iston esa 2020-yil 1-oktabrgacha ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari (shu jumladan shakar) uchun QQSni 12% dan 8% gacha tushirilishini e’lon qildi.

O‘z navbatida Rossiya shakar narxlarini ushlab turishga harakat qilmoqda, dedi Bodin.

“2019/2020 yil mavsumida Rossiya narxlari dunyo bo‘yicha eng past darajada bo‘ldi, bu esa MDH mamlakatlaridagi narxlar dinamikasini belgiladi. Shuningdek, shu yilning aprel oyida Rossiya hukumati shakarni YeOII tashqarisiga eksport qilish bo‘yicha shartnomalar tuzishga ruxsat berdi”, - deya tushuntirdi u.

V sexe rasfasovki saxara - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada daromad kamligi tufayli bir necha shakar zavodlari yopildi

Inqiroz davrida eksportning o‘sishi

Natijada, 2019/2020 yilgi mavsumda MDHda lavlagi shakar ishlab chiqarish 1,4 million tonnaga ko‘paydi. Hamdo‘stlik mamlakatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston va Belarus yetakchilik qilmoqda. Andrey Bodinning ta’kidlashicha, RF rejalashtirilgan hajmlarni oshirib, 7,7 million tonna shakar ishlab chiqardi. Davlat ko‘magi tufayli Qozog‘iston ham o‘z ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini 50 ming tonnagacha yetkazdi. Belarusda esa ishlab chiqarishning umumiy hajmi 600 ming tonnadan oshdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ortiqcha shakar tufayli yangi mavsumda uning ishlab chiqarilishi kamayishi mumkin. Ammo MDHdan tashqariga eksport ko‘payadi. Moldova 5 ming tonna shakarni chet elga eksport qildi, Ozarbayjon 2018-yildan boshlab eksport hajmini 10 mingdan dan 15 ming tonnagacha oshirdi. Belarusda eksport hajmi 20 ming tonna shakarni tashkil etdi.

“Hatto 20-yil oldin ham MDH mamlakatlari importga qaram bo‘lgan”, - dedi Andrey Bodin. “Ammo investitsiyalar, ilm-fan, yerni o‘zlashtirish tufayli bir qator davlatlar istiqbollari vujudga kelmoqda. Hatto Armaniston, Ozarbayjon va O‘zbekiston ham shakarni o‘zlari ishlab chiqarmaydilar-da, xom shakarni qayta ishlab, importni pasaytirishmoqda”.

Bodinning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston shakar bozorining jiddiy ishtirokchisiga aylanmoqda. 2020-yil boshiga kelib, respublika yiliga 650 ming tonna shakarga teng ichki iste’molini to‘liq ta’minladi.

Prognozlar ijobiy

Yangi mavsumda shakar sanoati ekspertlari ishlab chiqarish hajmining 23 foizgacha pasayishini bashorat qilishmoqda, bunda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya va Turkmanistonda eng katta pasayish kutilmoqda. Bundan tashqari, konferensiya ishtirokchilari Rossiyadagi to‘rtta shakar zavodi yopilishini taxmin qilishmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda ikkita va Moldova va Qirg‘izistonda bittadan zavod vaqtincha to‘htatib turiladi.

Saxar - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga shakar yetkazib berish uchun kvota so‘radi

Ammo korxonalar faoliyati vaqtincha to‘htatilishi halokatli muammo emas, deydi Andrey Bodin.

“Barchasi talabga bog‘liq, - deydi u. - Shakar iste’moli endilikda normal darajaga qaytmoqda, zamonaviy uskunalar esa zavodlarni vaqtincha yopib turishga imkon beradi. Ayrim davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, fabrikalar ikki yil muddatga ham yopilgan va undan keyin ular yana normal ishlay boshlaganlar”.

Qandolat mahsulotlari eksportining o‘sish sur’atlari ham pasayadi, deydi “Obyedinennie konditeri” xoldingi direktorlar kengashi raisi Sergey Nosenko.

“Biroq, Rossiya jahon qandolatchilik bozorining 2,9 foizini egallagan va dunyoda sakkizinchi o‘rinda”, - deya tushuntiradi u.

YeOII a’zolari o‘rtasidagi umumiy savdo hajmi ham yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyish etmoqda – u 2019/2020 mavsumida (iyuldan avgustgacha) 329,7 ming tonna qandolat mahsulotlari tashkil etdi. Ulardan 230 ming tonnani Rossiya, 44 ming tonnani Belarus eksport qilgan. Qozog‘iston eksport hajmi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi (40 ming tonna qandolat mahsulotlari). Ro‘yxat oxirida ikki ming tonnadan ko‘proq eksport qilgan Qirg‘iziston va 1,7 ming tonna shirinlik eksport qilgan Armaniston.

Yangiliklar lentasi
0