Rossiya O‘zbekistonga shakar yetkazib berish uchun kvota so‘radi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSaxar
Saxar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston shakar bozorida raqobat kuchaygan, narxlarni bozorning o‘zi beligamoqda.

TOShKENT, 7 mar - Sputnik. Rossiya O‘zbekistondan 200 ming tonna shakar yetkazib berish uchun kvota so‘ramoqda. Bu haqida RIA Novosti O‘zbekiston qishloq xo‘jalik vaziri Jamshid Xo‘jayevga asosan xabar qildi.

“Payshanba kuni Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston hukumatlararo komissiyalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya tomon O‘zbekistonga 200 ming tonna shakar yetkazib berish uchun kvota so‘radi”, - dedi Xo‘jayev uchrashuvdan so‘ng.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri aytishiga qaraganda, 2018-yilda Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonga 193 ming tonna shakar yetkazib bergan. Bu yil esa Rossiyadan shakar  sotib olish to‘xtatildi va Eron, Pokiston, Ukraina va Belarusdan shakar sotib olish hajmi esa - oshgan.

Saxarniy zavod  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bir shakar zavodi quriladi

“Oldin Rossiya O‘zbekistonga juda ko‘p shakar yetkazib berar edi, lekin hozir raqobat kuchaygan, narxlarni bozorning o‘zi belgilamoqda”, - deydi vazir.

Xo‘jayev aytishiga qaraganda, O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari tarixini hisobga olganda, O‘zbekiston bozorida rossiyalik ishlab chiqaruvchilar uchun katta istiqbollar mavjud.

Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning shakarga bo‘lgan yillik ehtiyoji 800 ming tonnani tashkil qiladi va ushbu hajm yiliga o‘rtacha 5% o‘sib bormoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning sentabr oyida shakar importi uchun 30 %li boj va aksizlarni bekor qilganidan so‘ng shakar importi hajmi keskin oshgan edi.

Yangiliklar lentasi
0