Daniya “Shimoliy Oqim-2”ni yangi kemalar yordamida bitkazishga ruxsat berdi

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishPribitie truboukladchika "Akademik Cherskiy" v port Kaliningrada
Pribitie truboukladchika Akademik Cherskiy v port Kaliningrada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Daniya hukumati o‘z hududiy suvlarida “Shimoliy Oqim-2”ni yangi kemalar yordamida bitkazishga ruxsat berdi.

TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Daniya Energetika agentligi (DEA) Nord Stream 2 AG-ga o‘z suv hududida “Shimoliy Oqim-2”ni langarli joylashish tizimiga ega quvur yotqizadigan kemalar yordamida bitkazishga ruxsat berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nazoratchi idoraga tayanib.

 Germaniya “Shimoliy oqim-2” ni to‘xtatishga urinish uchun AQShga sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatishga uringani uchun AQShga sanksiyalar bilan tahdid qildi

Endi yangi kemalardan alohida va dinamik joylashish tizimi bilan jihozlangan kemalar bilan birgalikda foydalanish mumkin. Ta’kidlanishicha, qurilishni Daniya ruxsati bo‘yicha shikoyat qiritish muddati tugagungacha – 3-avgustgacha boshlab bo‘lmaydi.

Nord Stream 2 AG ushbu loyiha Daniya pozitsiyasi va atrof-muhitga ta’siri hisobga olingan holda amalga oshirilishini ma’lum qildi. Operator ta’kidlashicha turli xil variantlarni ko‘rib chiqilishi davom etmoqda va qurilish rejalari haqida “o‘z vaqtida” habardor qilishga va’da berdi.

Daniya ilgari Baltika dengizining tubida portlamay qolgan o‘q-dorilarga tegishi mumkin bo‘lgan langarli joylashuviga ega kemalar ishlatilishini taqiqlagan edi.

Gaz quvurini qurilishi

“Shimoliy Oqim-2” Rossiya qirg‘oqlaridan Baltika dengizi orqali Germaniyaga o‘tadigan ikkita quvur qurishni nazarda tutadi. O‘z suyultirilgan gazini Yevropada ilgari surayotgan AQSh, hamda Ukraina va bir qator Yevropa davlatlari ushbu loyihaga qarshi faol chiqmoqda.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada yangi sanksiyalardan so‘ng "Shimoliy oqim 2"ni qurib bitkazish imkoniyatini baholashdi

O‘tgan yil oxirida AQSh mudofaa budjetini qabul qilganidan so‘ng quvur yotkizish ishlari to‘xtatildi. Unga “Shimoliy Oqim-2”ni qurishda ishtirok etgan kompaniyalarga qarshi sanksiyalar kiritilgan. Shunda gaz quvurini yotqizish bilan shug‘ullangan, Shveysariyaning Allseas kompaniyasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

AQSh sanksiyalari

Avvalroq AQShning Vakillar palatasida gaz quvuri loyihasiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi kiritilgan edi. Bundan tashqari, iyun oyining boshida AQSh Senatiga “Shimoliy Oqim-2”-ga qarshi yana bir qonun loyihasi kiritildi. U gaz quvurini yotqizish bilan shug‘ullanayotgan kemalarning sug‘urtalovchilariga nisbatan sanksiyalar joriy qilishni taklif qilmoqda.

Germaniya hukumati Oq uy gaz quvuriga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar tahdidini amalga oshirsa, javob tayyorlashga va’da berdi. Germaniya Iqtisodiyot vazirligining ichki hujjatiga ko‘ra, AQShning yangi sanksiyalari Yevropaning ko‘plab kompaniyalari va banklariga, shuningdek hukumat tashkilotlariga ta’sir qilishi mumkin. Bunga javoban Merkel hukumati YeIning muvofiqlashtirilgan harakatlar rejasini ko‘rib chiqmoqda.

Yangiliklar lentasi
0