Qoraqalpog‘iston sobiq prokurori koronavirusdan vafot etdi

© Genprokuratura RUzEks-prokuror Respubliki Karakalpakstan Xakimbay Xalimov skonchalsya ot koronavirusa
Eks-prokuror Respubliki Karakalpakstan Xakimbay Xalimov skonchalsya ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalimov O‘zbekiston bosh prokurori sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokurori lavozimlarida ishlagan. 2017-yildan 2019-yilgacha Prezidentning Qoraqalpog‘istondagi Xalq qabulxonasi rahbari bo‘lgan.

TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston sobiq prokurori Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri Bosh prokuratura matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Rossiyaning COVID-19 qarshi vaksina sinovi yakunlandi: qachon ommaviy ishlab chiqariladi? - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vaksinasi qachon ommaviy ishlab chiqariladi?

Bosh prokuratura rahbariyati va jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi organlarida xizmat qilgan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Xalimov Hakimbay Ashirovichning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etgan.

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, 1954-yilda tug‘ilgan Hakimbay Xalimov Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan va general mayor unvoniga ega bo‘lgan.

Logotip Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
JSST O‘zbekistonga qiymati 4 mln dollardan ziyod insonparvarlik yukini yetkazib berdi

Xalimov O‘zbekiston bosh prokurori sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokurori lavozimlarida ishlagan. 2017-yildan 2019-yilgacha Prezidentning Qoraqalpog‘istondagi Xalq qabulxonasi rahbari bo‘lgan. 2019-yildan beri Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Hakimbay Xalimovda bir necha kun oldin koronavirus aniqlangan va 22-iyul kuni vafot etgan.

Qoraqalpog‘istonda virus qurbonlari soni 2 kishiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 324 nafarni tashkil qilmoqda.

BSST ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 14,9 milliondan oshdi, 616 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (3,9 mln), Braziliyada (2,2 mln), Hindistonda (1,2 mln) qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0