Jamiyat

Oʻzbekistonda sud tizimi jiddiy isloh qilinadi – prezident farmoni

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Prezident yangi farmoniga koʻra, jinoyat, iqtisodiy va fuqarolik sudlari birlashtiriladi, tuman va shahar maʼmuriy sudlari tugatilib viloyat sudlari tashkil etiladi.

TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda Jinoyat, iqtisodiy va fuqarolik sudlari birlashtirilib – umumyurisdiktsiya sudlari tashkil etiladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida aytib oʻtilgan. Kun.uz xabariga asosan. 

Birinchidan, viloyat darajasidagi fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy sudlari birlashtirilib, ularning negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda yagona umumyurisdiktsiya sudlarini tashkil etiladi, - deyilgan farmonda.

Ekspert OON po pravam cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
BMT eksperti: Oʻzbekiston sud tizimi jiddiy qiyinchiliklarga yuz tutmoqda

Bugungi kunda viloyat sudlarida sudyalar soni kamligi tufayli 20 mingdan ortiq ishlar bir viloyatdan ikkinchisiga berilgan. Bu esa fuqarolarning sarsongarchiligiga sabab boʻlgan. Shu sababli yangi tashkil etilayotgan umumyurisdiktsiya sudlarida 19 tadan 47 tagacha sudya ishlaydi. Hozir 4 tadan 15 tagacha.

Ikkinchidan, tuman va shaharlar miqyosida 199 ta maʼmuriy sudlar faoliyati tugatilib Qoraqalpogʻistonda va viloyat markazlarida va Toshkent shahrida 14ta tumanlararo maʼmuriy sudlar tashkil etiladi.

Uchinchidan, jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda dastlabki eshituv institutini joriy etiladi. Bundan buyon jinoyat ishlari dastlabki tergovdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun sudya ishni 7 sutka ichida prokurorga qaytarishi kerak boʻladi.

Toʻrtinchidan, prokurorlar faoliyati ham xalqaro standartlarga moslashtiriladi:

  • Prokuror sud jarayonida ayblovdan voz kechgan taqdirda, reabilitatsiya asoslariga koʻra jinoyat ishini tugatish;
  • prokuror tomonidan taraflar murojaati mavjud boʻlgan holdagina, suddan ishni oʻrganish uchun chaqirib olish;
  • prokurorning fuqarolik va iqtisodiy ishlarning koʻrilishida oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishini chegaralash nazarda tutilmoqda.

Beshinchidan, “Bir sud – bir instantsiya” tamoyili joriy etiladi. Yaʼni, sud ishlarini nazorat tartibida koʻrish instituti tugatiladi, bir sudda ishlarni ikki bosqichda (birinchi hamda apellyatsiya yoki kassatsiya) koʻrish amaliyotiga barham beriladi.

Molotok  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda sudya boʻlish yoshi oshirildi

2019 yilda bir viloyat sudida birinchi va apellyatsiya (kassatsiya) instantsiyasida koʻrilgan ishlarning 13 mingga yaqini Oliy sudda oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan.

Oltinchidan, Oliy sud tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni va raqobatga oid ishlarni koʻrish boʻyicha alohida sudlov tarkibini tuzish.

2019 yilning oʻzida iqtisodiy sudlar tomonidan chet el investorlari bilan bogʻliq 3 mingga yaqin, raqobatga oid 30 dan ortiq ishlar koʻrilgan.

Yettinchidan, Sudyalar va sud tizimi xodimlarining moddiy taʼminoti 2021 yil 1 yanvardan boshlab toʻliq Davlat byudjetiga oʻtkaziladi va ularning ish haqi oshiriladi.

Farmon sud himoyasini taʼminlashdagi ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga, sud qarorlarini qayta koʻrishning bir-birini takrorlovchi bosqichlarini bekor qilishga, investorlar huquqlarining ishonchli sud himoyasida boʻlishini taʼminlashga, shuningdek sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi, deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, BMTning maxsus maʼruzachisi D.Garsiya-Sayyan, Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro ekspertlar nazorat instantsiyasi mavjudligini jiddiy tanqid qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0