O‘zbekistonda sudya bo‘lish yoshi oshirildi

© pixabayMolotok
Molotok  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda sudya va xalq maslahatchilari yoshi 30 yoshdan 35 yoshgacha oshirildi.

TOShKENT, 12 sen - Sputnik.  Bundan buyon O‘zbekistonda eng yosh sudyalar 35 yoshdan yuqori bo‘ladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan yangi qonuniy hujjatlar sabab bo‘ldi.

Xususan O‘zbekistonda 1993-yilda vabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuniga bir qator o‘zgarishlar kiritildi.

Xususan, endi sudya bo‘lish uchun nomzodlar yoshi 35 yoshdan yuqori (oldin 30 yosh edi) bo‘lishi, oliy yuridik ma’lumotga va 5-yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fuqaro bo‘lishi kerak, deyilgan qonunda.

Shuningdek, sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda o‘qishi shart. O‘qish davrida ular asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi, biroq o‘qishning butun davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi.

Undan tashqari, yangi qonun bilan Xalq maslahatchilarining ham eng kam yoshi 30 yoshdan 35 yoshgacha oshirildi.

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0